Tavsif
Slovakiya Respublikasi Taʼlim, tadqiqot, rivojlanish va yoshlar vazirligi tomonidan Slovakiyada bakalavr bosqichini oʻqishni istagan iqtidorli xalqaro talabalar uchun maxsus grant dasturini taqdim etadi. Jami 150 nafar nomzodga grant dasturi taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Dastur doirasidagi 15,000 yevro miqdoridagi stipendiyani bakalavriatning kunduzgi taʼlim yoʻnalishi yoki kunduzgi qoʻshma bakalavriat va magistratura taʼlim dasturi uchun olish mumkin.
Har bir nomzodni tekshirish jarayoni Slovakiya Respublikasi Taʼlim, tadqiqot, rivojlanish va yoshlar vazirligi (Ministry of Education, Research, Development and Youth of the Slovak Republic) yoki talabgor hujjat topshirgan va oʻqishga kirgan oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Grant sohibi boʻlish uchun ishtirokchi 2025-yilning kuzida boshlanadigan oʻquv dasturining birinchi yilida rasman roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.