Tavsif
Memorial Sloan Kettering (MSK) instituti va Gerstner School of Biomedical Sciences tomonidan biologiya boʻyicha tadqiqot tajribasiga ega boʻlishni xohlovchi bakalavriat talabalari uchun Mechanistic Biology Summer Program dasturi taqdim etiladi.
Jami 10 nafar amaliyotchi saralab olinishi rejalashtirilgan.
10 hafta davom etadigan ushbu dastur iqtidorli talabalarga biologiya sohasi boʻyicha rivojlanish hamda immuno, strukturaviy, molekulyar, hujayra va saraton biologiyasi sohalarida professor-oʻqituvchilar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Amaliyotchilar Manxettenning Yuqori Sharq tomonida joylashgan MSK fakulteti laboratoriyalaridan birida faoliyat olib boradilar.
Dasturda quyidagi tadqiqot sohalari oʻrganiladi:
- Animal models of disease;
- Cancer biology and genetics;
- Cell and organelle biology;
- Cell signaling and regulation;
- Chemical biology;
- Developmental biology;
- Experimental pathology;
- Gene expression;
- Genomic integrity and DNA repair;
- Genomics;
- Immunology;
- Molecular biology;
- Pharmacology;
- Stem cell biology;
- Structural biology;
- Therapeutics.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.