Tavsif
Italiyaning Piza universiteti (UNIPI) har yili oʻqitish tili ingliz tili boʻlgan magistratura kurslari va Management for Business and Economics bakalavr bosqichiga qabul qilingan xalqaro talabalar uchun 24 ta grant taqdim etadi. Grantning asosiy maqsadi ushbu yoʻnalishlarga chet ellik talabalarni koʻproq targʻib qilish va yoshlarning oʻz sohalarida muvaffaqiyatga erishishiga yordam berishdir.
Grant amal qiladigan magistratura kurslari:
- Muhandislik va texnologiya sohalari:
- Kompyuter fanlari va IT sohasi:
- Tibbiyotga oid sohalar:
- Tabiiy fanlar:
- Ijtimoiy-iqtisodiy sohalar:
Grant amal qiladigan bakalavr kursi:
Maʼlumot uchun: Piza universiteti qishloq xoʻjaligi, astrofizika, informatika, muhandislik, tibbiyot va veterinariya sohalari hamda yuqori darajadagi tadqiqot markazlariga ega davlat muassasasidir. Bundan tashqari, universitet milliy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan koʻplab madaniy muassasalar bilan yaqin aloqalari orqali mavjud sohalarni yanada rivojlantirib kelmoqda.
Grant dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.