Bakalavr yoʻnalishi uchun qabul davom etayotgan universitetlar — 2021

Eʼtiboringizga hozirda qabul jarayoni davom etayotgan universitetlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Ushbu maqola 2021-yilgi qabul uchun yozilgan, quyida Oʻzbekistondagi top xorijiy universitetlar haqida yozilgan yangi 1-qism va 2-qism maqolalar bilan ham tanishishni unutmang.

2022-yil qabuli ushbu havolada: https://grantgo.uz/blog/bakalavr-yo-nalishi-uchun-qabul-davom-etayotgan-universitetlar

AKFA universiteti

Universitet Vazirlar mahkamasining 15-fevral 2019-yil qarori asosida tashkil etilgan.

Yoʻnalishlar:

(nomi) — (davomiyligi) — (toʻlov bir semestr uchun)

  1. Tibbiyot — 6 yil — 29 mln soʻm.
  2. Stomatologiya — 6 yil — 21 mln soʻm.
  3. Farmatsevtika — 6 yil — 21 mln soʻm.
  4. Hamshiralik — 4 yil — 10 mln soʻm.
  5. Qurilish va arxitektura sanoati — 4 yil — 13,5 mln soʻm.
  6. Kompyuter injiniring — 4 yil — 13,5 mln soʻm.
  7. Dasturiy injiniring — 4 yil — 13,5 mln soʻm.
  8. Arxitektura va dizayn — 4 yil — 13,5 mln soʻm.
  9. Amaliy matematika — 4 yil — 12 mln soʻm.
  10. Ingliz tili — 3 yil — 12 mln soʻm.
  11. Moliya va hisob — 4 yil — 14,5 mln soʻm.
  12. Raqamli marketing — 4 yil — 12,5 mln soʻm.
  13. Tadbirkorlik va startap boshqaruvi — 4 yil — 12,5 mln soʻm.
  14. Xalqaro biznes va konsalting — 4 yil — 12,5 mln soʻm.
  15. Iqtisodiyot — 4 yil — 13,5 mln soʻm.

Qabul jarayoni:

  • Kirish imtihoni oʻtkaziladi.
  • IELTS talabi tibbiyot yoʻnalishlari uchun 5.5, boshqa barcha yoʻnalish uchun 5.0;
  • Hujjat topshirish 20-avgustgacha davom etadi.
  • Grant oʻrinlari bor.

Hujjat topshirish: http://admission.akfauniversity.org/

Qoʻshimcha maʼlumot: https://akfauniversity.org/admission-2021-2022/

 

TEAM universiteti

TEAM — Oʻzbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti. 18-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etildi.

Yoʻnalishlar:

  1. Tadbirkorlik va xalqaro biznes.
  2. Tadbirkorlik va raqamli innovatsiya.
  3. Tadbirkorlik va marketing.

Shartnoma toʻlovi: 38 348 000 soʻm (yillik).

Qabul jarayoni:

  • IELTS talabi 5.5 (Writing 5.0).
  • Grant oʻrinlar mavjud.

Hujjat topshirish: https://registration.teamuni.uz/web/#/login/signin

Qoʻshimcha maʼlumot: https://teamuni.uz/

 

Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti

2020 yilning may oyi boshida Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan Toshkentdagi Britaniya menejment universitetini ochish boʻyicha qaror qabul qilindi. Bu mustaqil, nodavlat OTM boʻlib, moliya sohasida jahon darajasidagi biznes yetakchilarini, biznes boshqaruvi (mutaxassisligi bilan) hamda xalqaro moliyaviy tahlil va audit boʻyicha professional mutaxassislarni tayyorlaydi. Taʼlim Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa ingliz zabon mamlakatlaridan taklif etilgan til egalari tomonidan toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Yoʻnalishlar:

1. Bakalavr ilmiy darajasi (BSC)

  • Buxgalteriya hisobi va moliya.
  • Bank ishi va moliya.

2. Biznesni boshqarish boʻyicha bakalavr darajasi (BBA)

  • Loyiha boshqaruvi.
  • Logistika va taʼminot zanjirini boshqarish.
  • Elektron tijorat va raqamli marketing.
  • Tadbirkorlik va innovatsiyalarni boshqarish (turizm va mehmonxona).

Shartnoma toʻlovi: 35 mln soʻm (yillik).

Qabul jarayoni:

  • IELTS minimum talabi 5.5 yoki ichki ingliz tili imtihon topshirish mumkin.
  • Matematika fanidan imtihon boʻlib oʻtadi. Soʻngi imtihon kuni 28-avgust. Oldindan joy band qilish talab etiladi.

Hujjat topshirish: https://e-application.space/apply/

Qoʻshimcha maʼlumot: https://bmu-edu.uz/

 

Toshkent shahridagi Puchon universiteti

Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining (02.07.2018-yil 3821-sonli) qarori asosida tashkil etilgan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Koreyadagi Puchon Universiteti uning taʼsischilari hisoblanadi. Toshkent shahridagi Puchon Universiteti Koreyadagi Puchon Universitetining chet eldagi birinchi filiali hisoblanadi.

Yoʻnalishlar:

  1. Maktabgacha taʼlim (kunduzgi va kechki kurslar mavjud).
  2. Arxitektura.
  3. Biznes boshqaruvi

Shartnoma toʻlovi: maktabgacha taʼlim uchun $2200, qolgan barcha yoʻnalish uchun $3300 (yillik).

Qabul jarayoni:

  • Ichki imtihon va suhbat oʻtkaziladi.
  • IELTS 5.5 dan yuqori boʻlsa ingliz tili imtihonidan ozod qilinadi (suhbatdan ozod qilinmaydi).
  • Hujjat topshirish toʻlovi: 250 000 soʻm.
  • Hujjatlar qabul qilish oxirgi kuni 20-avgust.

Hujjat topshirish: https://bucheon.uz/uz/receptions/view/8#reception-8-form

Qoʻshimcha maʼlumot: https://bucheon.uz/en/receptions/view/8

 

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TPTU) 2009-yil 27-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 apreldagi PP 1106 – sonli qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta-maxsus Taʼlim vazirligi, Oʻzavtosanoat OAJ hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti (Politecnico di Torino) bilan hamkorlikdagi 2009 yil 10 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika sanoati, arxitektura sohasidagi tashkilot va korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Avtomobil muhandisligi (Mechanical Engineering).
  2. Qurilish va arxitektura sanoati (Civil Engineering).
  3. Axborot texnologiyalari va sanoatda ABT (Information Technologies And Programming In Industry)

Shartnoma toʻlovi: 28 500 000 soʻm (yillik).

Qabul jarayoni:

  • IELTS minimum 5.5 talab etiladi.
  • Ichki imtihon mavjud (GRE, GMAT, SAT kabi sertifikatlar boʻlsa imtihonsiz qabul qilinadi).
  • Hujjat topshirish toʻlovi: 65000 soʻm.
  • Hujjatlar qabul qilish muddati eʼlon qilinmagan (sentabrning birinchi qismigacha).

Hujjat topshirish: https://didattica.polito.it/pls/portal30/sviluppo.pkg_apply.registrazione

Qoʻshimcha maʼlumot: https://polito.uz/15811/

 

Toshkent xalqaro taʼlim universiteti

Toshkent xalqaro taʼlim universiteti (TIUE) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Yoʻnalishlar:

  1. Axborot texnologiyalari.
  2. Biznes boshqaruvi.
  3. Taʼlim.

*Har bir yoʻnalishda ingliz va rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun alohida talabalar qabul qilinadi.

Shartnoma toʻlovi: Ingliz guruhlari uchun 25 mln soʻm, rus guruhlari uchun 18 mln soʻm (yillik).

Qabul jarayoni:

  • Onlayn imtihon va jonli subat boʻlib oʻtadi.
  • Ingliz tili guruhlari uchun IELTS kamida 4.5 talab etiladi, 5.0 boʻlsa imtihonlarsiz qabul qilinadi.
  • Hujjat topshirish muddati: 20-sentabr.

Hujjat topshirish: https://tiue.uz/admission_form.html

Qoʻshimcha maʼlumot: https://tiue.uz/

 

Yaponiya raqamli universiteti

JDU — yapon tili hamda IT muhandislik mahoratini mukammal oʻrganib, Yaponiya universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini bitirganlik maʼlumotini qoʻlga kiritish imkoniyatini beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi “Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 762-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

Yoʻnalishlar:

  1. IT muhandislik.

Shartnoma toʻlovi: 59 200 000 soʻm yillik.

Qabul jarayoni:

  • Ichki imtihoni mavjud.
  • Hujjat topshirish toʻlovi: 200 000 soʻm.
  • Oxirgi muddat: 5-sentabr, 18:00.
  • Grant kvotalari bor.

Hujjat topshirish: https://www.jdu.uz/application

Qoʻshimcha maʼlumot: https://www.jdu.uz/

 

Urganch shahridagi xalqaro “Binary” universiteti

Malayziyaning Binary universiteti filiali 2020-yil 17-sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan. Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston va Malayziyada oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Yoʻnalishlar:

  1. Buxgalteriya (BA in Accounting)
  2. Tadbirkorlik (BA in Entrepreneurship).
  3. Biznes boshqaruvi (BA in Business Management).
  4. Marketing (BA in Marketing).
  5. Informatika (BSc in Computer Science).
  6. Texnologiya menejmenti (BSc in Management of Technology).

Shartnoma toʻlovi: $5000 (yillik). Grant oʻrinlari mavjud.

Qabul jarayoni:

  • IELTS sertifikati talab qilinmaydi.
  • Universitet ichki imtihoni oʻtkaziladi.
  • Hujjat topshirish toʻlovi $15.
  • Qabul shu yil sentabr oyi oxirigacha davom etadi.

Hujjat topshirish: http://binary.edu.my/biu-uz-application-form/.

Qoʻshimcha maʼlumot: https://binary.edu.my/biu-uz/

*Ayrim ma'lumotlar biz e'lon qilgandan keyin o'zgargan bo'lishi mumkin. Universitet rasmiy saytidan qayta tekshirib olishni unutmang.

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar