16-50 yosh oraligʻidagi barcha uchun Portugaliyada xarajatlari qoplanadigan forum — World Youth Forum 2024

16-50 yosh oraligʻidagi barcha uchun Portugaliyada xarajatlari qoplanadigan forum — World Youth Forum 2024

  • 15/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Portugaliya Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan 50 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Center for Diplomatic Advancement (Diplomatik Taraqqiyot Markazi) tomonidan yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar uchun xarajatlari toʻliq qoplanadigan forum — World Youth Forum 2024 taqdim etiladi. Dastur 2024-yil 20-dekabrdan 23-dekabrgacha Portugaliyada joylashgan, oʻzining boy tarixi va jonli madaniyati bilan tanilgan Portu shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Forum quyidagicha moliyalashtiriladi:

  1. Toʻliq moliyalashtiriladi, qisman moliyalashtiriladi yoki forumda bepul qatnashish uchun ruxsat beriladi:
    1. Toʻliq moliyalashtirish (50 nafar);
    2. Qisman moliyalashtirish (100 nafar);
    3. Forumga kirish (100 nafar).
  2. Oʻz-oʻzini moliyalashtirish;
  3. Forumga taklifnoma.

Ushbu nufuzli tadbir dolzarb global muammolar boʻyicha chuqur munozaralarni rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Tadbirda ishtirokchilar xalqaro diplomatiya, nizolarni hal etish, iqtisodiy rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chuqur tushunchaga ega boʻladilar.

Maʼlumot uchun: Butunjahon Yoshlar Forumi (World Youth Forum) dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar, tibbiyot mutaxassislari, huquqshunoslar, yosh liderlar va faollar guruhini birlashtirish uchun moʻljallangan yetakchi xalqaro platforma hisoblanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda 16-50 yosh oraligʻidagi talaba, karyerasining oʻrta bosqichidagi mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, huquqshunoslar, volontyorlar va inson huquqlari himoyachilari qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish kerak;
  • Yetakchilik va turli guruhlarda samarali hamkorlik qilish qobiliyatiga ega boʻlish talab qilinadi;
  • Nomzodlar jamiyatda ijobiy oʻzgarish qilish, jamoat xizmati, xalqaro aloqalar, diplomatiya yoki taʼlim sohalariga katta qiziqish bildirishi lozim;
  • Dasturda toʻliq qatnashish shart.

Foydali tomonlari

  • Dastur yakunida sertifikat beriladi;
  • Ishtirokchilar dastur davomida madaniy tadbirlar bilan shugʻullanish va Portuning goʻzal joylarini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Madaniyatlararo muloqot, muzokaralar, notiqlik va yetakchilikni rivojlantirish boʻyicha treninglar oʻtkaziladi.

Toʻliq qoplanadigan dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Qaytish uchun aviachipta bilan taʼminlanadi;
  • Turar joy, ovqatlanish, forumga kirish va forum tovarlari uchun xarajatlar toʻliq qoplanadi.

Qisman moliyalashtirish turi quyidagilardan iborat:

  • Turar joy, ovqatlanish, forumga kirish va forum tovarlari uchun xarajatlar qisman moliyalashtiriladi.

Forumga kirish turi:

  • Bunda ishtirokchilar forumga bepul kirishlari mumkin. Lekin sayohat va turar joy xarajatlari nomzod tomonidan qoplanishi kerak.

Oʻz-oʻzini moliyalashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi ($650 evaziga):

  • Forumga kirish uchun taklifnoma beriladi;
  • Turar joy (4 yulduzli), ovqatlanish, forumga kirish va forum tovarlari uchun xarajatlar toʻliq qoplanadi.

Muhim: Oʻz-oʻzini moliyalashtirish uchun toʻlovni 2 ga boʻlib toʻlash imkoniyati mavjud!

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin. Moliyalashtirish turidan qatʼiy nazar nomzod oʻz arizasini toʻliq moliyalashtiriladigan turga topshirishi kerak.

Ariza berish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

  1. Onlayn ariza topshirish. Bunda nomzod shaxsiy maʼlumotlari, CV va maqsad bayonotini koʻrsatgan holda ariza shaklini toʻldirishlari lozim.
  2. Forum mavzulari bilan bogʻliq mavzu boʻyicha insho topshiriladi.
  3. Saralanganlar yakuniy natija haqida xabardor qilinadi.

Eslatma: Dasturning toʻliq moliyalashtiriladigan turiga ariza topshirish uchun $16.50, oʻzini moliyalashtirish turi uchun $650, forumga taklifnoma uchun esa $120 miqdorida toʻlov qilinadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Yakuniy natijalar haqida elektron pochta orqali xabar beriladi. Shuning uchun nomzod toʻgʻri elektron pochta manzilini kiritganiga ishonch hosil qilishi kerak;
  • Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Portugaliya
16-50 yosh oraligʻidagi barcha uchun Portugaliyada xarajatlari qoplanadigan forum — World Youth Forum 2024

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar