15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha uchun Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro sammit — Istanbul Youth Summit

15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha uchun Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro sammit — Istanbul Youth Summit

  • 01/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Turkiya Davlat
  • 30.09.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    17 yoshdan 35 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Istanbul Yoshlar Sammiti - Youth Break the Boundaries fondi tomonidan har yili o'tkaziladigan xalqaro yoshlar sammitidir. Bu yilgi sammit 2025-yil 17-20-fevral kunlari Istanbulda boʻlib oʻtadi.

Dasturni tashkil etilishidan asosiy maqsad - yoshlarda milliylik, xulq-atvor qadriyatlari va xalqaro madaniyatni shakllantirish orqali kelajak liderlarini tayyorlashdir.

Bu yilgi sammit mavzusi: “Empowering Youth Leaders to Drive Sustainable Change for A Brighter Future” (Yorqin kelajak uchun barqaror o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun yoshlar yetakchilariga imkoniyatlar berish).

Ushbu mavzu ostida toʻrtta kichik mavzu ham yoritiladi:

  • Good Health And Well-Beings (sogʻlik va farovonlik)
  • Quality Education (sifatli taʼlim)
  • Decent Work And Economic Growth (munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish)
  • Envirоnment/climate actiоn (atrоf-muhit va iqlim harakati)
  • Рeace and Justice (tinchlik va adolat)

Maqbullik shartlari

  • Maʼlumoti va millatidan qatʼi nazar 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha ariza yuborishlari mumkin;
  • Ariza topshirayotgan nomzodlar liderlik va oʻz jamiyatiga ijobiy oʻzgarish kiritish qobiliyatlariga ega boʻlishlari kerak;
  • Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi, ammo qatnashish uchun hech qanday til sertifikati talab qilinmaydi;
  • Shuningdek, nomzodlar muqaddam sudlanmagan va hech qanday ekstremistik tashkilotga aloqasi boʻlmasligi shart.

Dasturda qatnashish talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Toʻliq qoplanuvchi grant yutgan nomzodlar uchun mehmonxona, uch mahal ovqatlanish, sertifikat va ichki transport xarajatlari moliyalashtiriladi;
  • Nomzodlar aviachipta va viza xarajatlarini oʻzlarini hisobidan toʻlashlari kerak boʻladi.

Dasturda qatnashishning boshqa afzalliklari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Hujjat topshirish

  • Dastlab ushbu havola orqali elektron pochta va kod kiritadi;
  • Elektron pochtaga xabar keladi, uni tasdiqlagandan so'ng har bir nomzod uchun alohida akkaunt ochiladi.

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng quyidagi ma'lumotlarni taqdim etish so‘raladi:

  1. Asosiy maʼlumotlar qismida: toʻliq ism, tugʻilgan sana, manzil va boshqalar.
  2. Qo‘shimcha ma'lumotlar qismida: tajribalar, isteʼdodlar va boshqalar.
  3. Insho: 250 so‘zdan iborat
  4. Dastur bo‘yicha: Twibbon havolasi, murojaat kodi va boshqalar.
  5. Shaxsiy rasm

Eslatma: Toʻliq qoplanadigan grant yutib olishni xohlagan nomzodlarning barcha shaxsiy maʼlumotlari va inshosi qabul qilinganidan soʻng intervyu bosqichiga oʻtiladi.

Muhim: Qanday qilib roʻyxatdan oʻtish va hujjatlarni yuborish bo‘yicha yoʻriqnomalar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qabul bosqichlari:

  1. 1-avgustdan 30-sentyabrgacha dasturga arizalar qabul qilinadi;
  2. 10-20-sentyabrda qabul qilingan nomzodlar eʼlon qilinadi;
  3. 6-10-dekabr kunlari toʻliq moliyalashtirilishi eʼlon qilingan nomzodlar bilan intervyu boʻlib oʻtadi;
  4. 1-5-yanvarda intervyudan oʻtgan va toʻliq moliyalashtirish asosida forumga qatnashadigan yoshlar roʻyxati eʼlon qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

Turkiya
15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan barcha uchun Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro sammit — Istanbul Youth Summit

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar