Umumiy maʻlumotlar
16-35 yosh oraligʻidagi yetakchi yoshlar uchun Marokashda xarajatlari toʻliq qoplanadigan konferensiya — Youth Congress Morocco 2025 taqdim etiladi.
Konferensiya 2025-yilning 21-noyabrdan 23-noyabrigacha Marokashda oʻtkaziladi. Dastur davomida jami 10 nafar ishtirokchi toʻliq moliyalashtirilishi va 40 nafar nomzod qisman moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.
Dasturda quyidagi mavzular koʻrib chiqiladi:
- Yosh diplomatlar: Bog'langan dunyoda ta'sirni qayta aniqlash;
- Chegaralarni birlashtirish: Jahon yoshlar yetakchiligining yuksalishi;
- Tezkor yetakchilik: yoshlar global siljishlarni qanday boshqaradi?
- Kelajak diplomatlari: yoshlar global o'zgarishlar frontida;
- Madaniyat, kommunikatsiya, aloqa: yoshlar global birlashtiruvchi sifatida.
Dasturdan asosiy maqsadlar:
- Ishtirokchilar oʻrtasida ochiq va madaniyatlararo muloqotni hamda nizolarni hal qilish koʻnikmasini rivojlantirish;
- Kelajakdagi tashabbuslar uchun uzoq muddatli hamkorlik va unga yordam beruvchi yosh liderlarning global tarmogʻini rivojlantirish;
- Global fuqarolik va ijtimoiy masʼuliyat hissini tarbiyalash, ishtirokchilarni dolzarb global muammolar boʻyicha harakat qilish va oʻz jamoalariga ijobiy taʼsir koʻrsatishga ilhomlantirish;
- Madaniy xilma-xillik, inson huquqlari va ijtimoiy adolat kabi mavzularda seminar va interaktiv sessiyalarni tashkil etish asnosida ishtirokchilarga qimmatli bilim va tushunchalar berish;
- Ishtirokchilarning kelib chiqishidagi xilma-xillikni koʻrsatish va oʻzaro qadrlashni oʻrgatish uchun madaniy almashinuv tadbirlarini tashkil etish;
- Mamlakatdagi mahalliy joylarga tashrif buyurish, ekskursiya va jamoatchilikni jalb qilishga bagʻishlangan loyihalarda qatnashish kabi noyob tajribani taqdim etish;
- Ishtirokchilarga oʻz isteʼdodlari, gʻoyalari va loyihalarini namoyish qilish, ijodkorlik, innovatsiyalar va madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun platforma taqdim etish;
- Qatnashchilarni global fikrlashni rivojlantirishga va xilma-xillikni qabul qilishga undash.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- To'liq grant uchun 16-35 yosh oraligʻidagi yetakchi yoshlar qatnashishi mumkin (boshqa toifadagilar uchun 18 yosh yoki undan yuqori boʻlish talab qilinadi);
- Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
- Nomzodlar ID yoki pasportga ega boʻlishi shart;
- Talabgor ijtimoiy yoki taʼlim faoliyatida ishtirok etish yoki ijtimoiy oʻzgarishlar haqida aniq tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Foydali tomonlari
Toʻliq moliyalashtiriladigan nomzodlarga quyidagilar taqdim etiladi (10 nafar):
- Ikki tomonlama aviachipta beriladi (Eng yaxshi 3 nafar delegat uchun);
- Dastur toʻlovidan ozod etiladi;
- Turarjoy va ovqatlanish (kuniga 2 mahal) bilan taʼminlanadi;
- Maxsus mukofotlar taqdim etiladi;
- Konferensiya toʻplami va dastur yakunida sertifikat beriladi;
- Diqqatga sazovor joylarda sayohat qilish imkoniyati;
- Madaniy almashinuv dasturi va tadbirlar tashkil qilinadi.
Muhim: Xarajatlari toʻliq qoplanadigan dasturda gʻolib boʻlolmagan ishtirokchilar kuzatuvchi sifatida ham qabul qilinishi mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturga hujjat topshirish 2 bosqichdan iborat:
- Ushbu havola orqali onlayn ariza topshiriladi;
- Saralangan nomzodlar suhbatga taklif qilinadi va baholanadi.
Hujjat topshirishda shaxsiy maʼlumotlarni kiritish va dasturga oid savollarga javob berish soʻraladi.
Eslatma: Hujjat topshirishdan oldin $19,99 miqdoridagi toʻlov toʻlash kerak.