Madaniy diplomatiya boʻyicha Qatarda oʻtkaziladigan 3 kunlik forum — Young Cultural Diplomacy Forum

Madaniy diplomatiya boʻyicha Qatarda oʻtkaziladigan 3 kunlik forum — Young Cultural Diplomacy Forum

  • 15/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Qatar Davlat
  • 27/09/2024 02:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Strategiya va Madaniy Diplomatiya Markazi (CSCD) tomonidan madaniy diplomatiya sohasini oʻrganishga bagʻishlangan Young Cultural Diplomacy Forum — 2024 taqdim etiladi.

Dastur quyidagi modullardan tashkil topgan:

  • Middle Eastern Renaissance;
  • Shakespeareʼs Performance Diplomacy;
  • The Aesthetic Turn in International Policy Making;
  • The Role of Sports in Public Diplomacy;
  • Literature, Poetry, and Storytelling in Cultural Diplomacy;
  • The Dual Role of Escapism and Tourism.

Dastur davomida globallashuv va texnologiya tobora kuchayib borayotgan dunyoda sunʼiy intellektning madaniy diplomatiyaga taʼsiri, Shekspir yaratgan asarlarning diplomatik salohiyati, madaniy almashinuvdagi turizmning roli chuqur oʻrganiladi. Shuningdek, Yaqin Sharqda Uygʻonish davrining global diplomatiyaga taʼsiri, xalqaro siyosatni shakllantiruvchi estetik elementlar va ommaviy diplomatiyada sportning kuchi tahlil qilinadi.

Forum 2024-yil 7-noyabrdan 9-noyabrga qadar Qatarning Doha shahrida oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Xarajatlari qoplanadigan grant dasturi uchun ishtirokchilarga qoʻyilgan talablar:

  • Madaniy diplomatiya boʻyicha bilim, tajriba va malakaga ega barcha qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Yetakchilik salohiyati, madaniy diplomatiya va davlat xizmati boʻyicha faoliyat olib borishga tayyorligi inobatga olinadi;
  • Talabgor ijodiy loyihalar yarata olishi va atrofdagilar bilan kuchli muloqot qobiliyatini namoyon qilishi soʻraladi;
  • Taqdim etilgan ariza aniq, izchil va umumiy taqdimoti yaxshi boʻlishi kerak;
  • Yoshlarga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etgan va yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim;
  • Taklif qilingan ijtimoiy harakatlar rejasini amalga oshirishga taʼsir koʻrsata olishi kerak.

Foydali tomonlari

Xarajatlari qoplanadigan dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi ($18 evaziga):

  • Forum uchun taklifnoma va dastur yakunida sertifikat beriladi;
  • “Eng yaxshi jamoat diplomati” deb topilgan ishtirokchining qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi;
  • 3 kecha bepul turar joy va forum tovarlari bilan taʼminlanadi;
  • Soha boʻyicha amaliyot oʻtish imkoniyati;
  • 10 haftalik virtual kurs taqdim etiladi;
  • Madaniy diplomatiya boʻyicha hamfikr, ekspert hamda amaliyotchilar bilan tanishish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyati;
  • Madaniy diplomatiya boʻyicha chuqur bilim beriladi.

Muhim: Xarajatlari qoplanadigan dasturda ovqatlanish xarajatlari ham qoplanishi mumkin.

Oʻz-oʻzini moliyalashtirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi ($650 evaziga):

  • Forum uchun taklifnoma va dastur yakunida sertifikat beriladi;
  • Ovqatlanish xarajatlari qoplanadi;
  • 3 kecha bepul turar joy va forum tovarlari bilan taʼminlanadi;
  • Soha boʻyicha amaliyot oʻtish imkoniyati;
  • 10 haftalik virtual kurs taqdim etiladi;
  • Madaniy diplomatiya boʻyicha hamfikr, ekspert hamda amaliyotchilar bilan tanishish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyati;
  • Madaniy diplomatiya boʻyicha chuqur bilim beriladi.

Eslatma: Bundan tashqari sammit toʻlovining 50 foizini qoplaydigan qisman moliyalashtiriladigan 15 ta oʻrin mavjud.

Hujjat topshirish

Xarajatlari qoplanadigan dasturda qatnashmoqchi boʻlganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Oʻz-oʻzini moliyalashtirish dasturida qatnashmoqchi boʻlganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Pasport nusxasi;
  • Nomzodning rasmi;
  • Taʼlim darajasi haqida maʼlumotlar;
  • Ijtimoiy tashkilotlardagi tajribasi;
  • Ishtirokchining oʻziga xos qobiliyatlari;
  • CV.

Saralashda asosiy rol oʻynaydigan quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi:

  1. Have you ever thought of changing the world? If yes, what actions did you take in your personal capacity to make an impact? (maksimal 100 ta soʻz);
  2. What do you think is diplomatically significant country of the world (maksimal 100 ta soʻz);
  3. What is youthʼs role in diplomacy? How do you relate to the idea of Public Diplomacy (maksimal 200 ta soʻz);
  4. What is passion? how it helps you achieve your goals? (maksimal 150 ta soʻz);
  5. Are you a creative person? how can you turn into an effective public diplomacy strategy (maksimal 200 ta soʻz).

Eslatma: Ariza toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi shart. Hujjat topshirishda talab qilinadigan badal toʻlovi grantni yutish yoki yutmaslikdan qatʼiy nazar qaytarilmaydi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 27-sentyabr, 2024-yil;
  • Natijalar eʼlon qilinadi: 4-oktyabr, 2024-yil;
  • Email: contact@thecscd.org.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Qatar
Madaniy diplomatiya boʻyicha Qatarda oʻtkaziladigan 3 kunlik forum — Young Cultural Diplomacy Forum

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar