Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yoshlar hamkorligini rivojlantirishga bagʻishlangan “Rossiya - Oʻzbekiston yoshlari" forumi. Yashash, ovqatlanish, ichki qatnov xarajatlari qoplanadi

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yoshlar hamkorligini rivojlantirishga bagʻishlangan “Rossiya - Oʻzbekiston yoshlari" forumi. Yashash, ovqatlanish, ichki qatnov xarajatlari qoplanadi

  • 20/10/2021 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Rossiya Davlat
  • 30/11/2021 21:55 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Rus tili
  • Yosh chegarasi
    14 yoshdan 30 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Rossiya Federatsiyasi Fan va Oliy taʼlim vazirligi, “MIREA — Rossiya texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi (RTU MIREA), “Yoshlar va yoshlar milliy kengashi” jamoat birlashmalari uyushmasi bilan hamkorlikda Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yoshlar hamkorligini rivojlantirish maqsadida “Rossiya - Oʻzbekiston yoshlari" forumi (“Российско – Узбекский молодёжный форум”) tashkil etilmoqda.

Forum yoshlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga oid yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi, jumladan:

  • Xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish;
  • Yoshlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar;
  • Rossiya va Oʻzbekiston – hamkorlik istiqbollari va muammolar;
  • Jahon 2.0: obodonlashtirish, raqamlashtirish va vizual madaniyat va b.

Forum 2021-yil 6-9-dekabr kunlari Rossiyaning Samara viloyatida boʻlib oʻtadi. Lekin ushbu tadbir gibrid tarzda tashkillashtirilayotgani bois, ishtirokchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etish imkoniyatiga ega. 

Maqbullik shartlari

Forumda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzodlar 14-30 yosh orasida boʻlishi kerak;
  • Ijtimoiy jihatdan faol va siyosiy jarayonlarga katta qiziqishga ega boʻlishi lozim;
  • Rus tilida erkin muloqot qila olishi soʻraladi.

Foydali tomonlari

Forum ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Turar joy, ovqatlanish, madaniy dasturlarni tashkil etish, Moskva - Samara orasidagi qatnov xarajatlari tashkilotchilar hisobidan qoplab beriladi.

Muhim: Moskvagacha bo'lgan parvoz xarajatlari ishtirokchilarning oʻzlari yoki ularni yuboruvchi tegishli tashkilotlar tomonidan qoplanishi lozim.

Shuningdek, 

  • Ushbu forumda ishtirokchilar gibrid, yaʼni onlayn yoki oflayn tarzda ishtirok eta oladilar;
  • Xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga oid bilim va koʻnikmalarga ega boʻladi;
  • Rossiya va Oʻzbekiston – hamkorlik istiqbollari, qolaversa, boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar va ularning yechimlari bilan yaqindan tanishadilar.

Hujjat topshirish

Ushbu forumda ishtirok etish uchun ishtirokchilar avval saytdan onlayn roʻyxatdan oʻtishlari va shaxsiy profillarini yaratishlari kerak.

Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng qatnashmoqchi boʻlgan forumi uchun ariza topshirish mumkin boʻladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Maʼlumot markazi: 

(WhatsApp, Telegram): + 79101378917,  +79855733122;

Tel.: + 7 495 668-80-08;
Faks: +7 499 270-20-79.

Rasmiy elektron pochta manzili op@fadm.gov.ru

Rossiya
Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yoshlar hamkorligini rivojlantirishga bagʻishlangan “Rossiya - Oʻzbekiston yoshlari" forumi. Yashash, ovqatlanish, ichki qatnov xarajatlari qoplanadi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar