Umumiy maʻlumotlar
Fan va texnologiya diplomatiyasi boʻyicha Daniyada o'tkaziladigan sammit — Asia-Europe Training and Youth Summit taqdim etiladi.
Onlayn trening 2025-yil 23-oktabrdan 4-dekabrgacha Zoom platformasi orqali bo'lib o'tadi.
Onlayn treningdan tanlangan ishtirokchilar 2025-yil 15-18-dekabr kunlari Daniyaning Kopengagen shahrida boʻlib oʻtadigan, Daniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2-Evropa ilmiy diplomatiya konferentsiyasi bilan bir qatorda boʻlib oʻtadigan sammitga taklif qilinadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- 35 yoshgacha bo'lgan Osiyo va Yevropa mamlakatlari fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Ingliz tilini mukammal bilish lozim (yozma va og'zaki);
- Hozirda tegishli davlatlaridan birida tadqiqot yoki fan menejeri (fuqarolik jamiyati), diplomat yoki hukumat amaldori sifatida ishlayotgan bo'lish kerak.
Foydali tomonlari
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Hujjat topshirishda quyidagilar so'raladi:
- Professional CV;
- Qisqacha motivatsion bayonot;
- Nomzodning fan va texnologiya diplomatiyasi sohasidagi tajribasi haqida;
- Talabgorning ishtiroki ishiga qanday ta'sir qilishi haqida.
Eslatma: Arizani to'ldirish taxminan 25 daqiqa davom etadi. Jarayonni saqlash va davom ettirish imkoniyati mavjud (esda tutingki, forma yuklangan fayllarni saqlamaydi). Bu sizga qaytib kelish va istalgan vaqtda shaklni to'ldirishda davom etish imkonini beradi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 8-sentyabr, 2025-yil (04:59);
Muhim sanalar:
Trening: 2025-yil 23-oktabrdan 4-dekabrgacha Zoom orqali seshanba va payshanba kunlari (UTC 08:00 - 09:30) haftasiga 2 seans
Takroran so'raladigan savollarga javob bu yerda.