Umumiy maʻlumotlar
Dastur Qirgʻizistonda Issiqkoʻl boʻyidagi Vityaz kurortida 3-8-avgust kunlari “Spirtual and Moral development of the individual in contemporary society“ mavzusi doirasida boʻlib oʻtadi. Qatnashish mutlaqo bepul, borish-kelish, turar-joy xarajatlari qoplanadi.
Yozgi Talabalar Dasturi (SSP) — maʼnaviy va axloqiy rivojlanish boʻyicha intensiv dastur hisoblanadi. Ushbu dastur bakalavr bosqichi bitiruvchilari, magistratura va aspirantura talabalari uchun moʻljallangan. Qatnashuvchilar Ijtimoiy sohalar va tarixshunoslikning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha oʻz bilimlari va tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishga oid mavzular boʻyicha ishtirok etishadi.
Mavzular quyidagilar:
- Oʻrta Osiyoning oltin davri (milodiy 800–1100)
- Bilimlarni birlashtirish
- Zamonaviy Islom tafakkuri
- Ijtimoiy va hissiy taʼlim
- Bilim va fan
- Markaziy Osiyodagi taniqli tarixiy olimlar
Maqbullik shartlari
- Bakalavr bitiruvchi bosqich talabasi boʻlishi
- Oliy taʼlimning boshqa bosqichlarida oʻqishini davom ettirayotgan boʻlishi
- Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi
Foydali tomonlari
- Dasturda qatnashish mutlaqo bepul;
- Borish-kelish, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
Hujjat topshirish
Talab etiladigan hujjatlar:
- Rezyume/CV
- Eng so’ngi baholar ro’yxati
- Ushbu dasturda nega qatnashnii xohlayotganingiz haqida 250 so’zli insho
- Dasturda olib bormoqchi bo’lgan tadqiqotlaringiz haqida 250 so’zli insho
Hujjatlaringizni quyidagi emailga jo’natishingiz kerak: elgaouejkhaoula@gmail.com
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Pandemiya sababli dasturda qatnasha olmaydiganlar uchun Zoom ilovasida uchrashuvlar tashkil etiladi.