Umumiy maʻlumotlar
Rossiyaning Orenburg shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Eurasia Global” xalqaro yoshlar forumi Yevrosiyodagi eng muhim yoshlar tadbirlaridan biri boʻlib, xalqaro hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur 2026-yil 23-28-iyun kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, unda 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan Rossiya yoki Rossiyada istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. 6 kun davom etadigan dastur dunyoning turli burchaklaridan kelgan 160 dan ortiq yosh liderlar bir joyga jamlaydi. Shuningdek, ushbu forum chegaralarsiz muloqot maydonini yaratish, xalqaro hamkorlikning yangi shakllarini ishlab chiqish hamda yosh liderlar oʻrtasida samarali aloqalarni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2026-yil 1-maygacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Ishtirokchilar 18–35 yosh oraligʻida boʻlishlari lozim;
- Dasturda Rossiya fuqarolari yoki Rossiya hududida istiqomat qilayotgan chet ellik fuqarolar qatnashishlari mumkin;
- Qatnashchilar yetakchilik salohiyatiga ega boʻlishlari lozim.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dastur qatnashchilariga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- Turar-joy va ovqatlanish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
- Rossiyada yashovchi xorijiy ishtirokchilarning yoʻl xarajatlari tashkilotchilar tomonidan, Rossiyalik ishtirokchilarning xarajatlari boʻlsa oʻz hisobidan yoki ularni yuboruvchi tashkilot tomonidan qoplanadi;
- Forum ishtirokchilari xorijiy hamkorlar bilan ishlash, xalqaro loyihalarni yaratish, boshqarish hamda ularni media orqali targʻib qilish koʻnikmalarini qoʻlga kiritishadi;
- Dastur doirasida Orenburg shahri boʻylab sayohatlar, norasmiy uchrashuvlar tashkillashtiriladi va turli millat vakillari bilan tanishish hamda tajriba almashish imkoni yaratiladi.
Hujjat topshirish
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2026-yil 1-maygacha davom etadi. Dasturda ishtirok etish uchun kerakli shaxsiy maʼlumotlarni kiritish va roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi. Roʻyxatdan oʻtish uchun badal puli talab qilinmaydi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:
-Max;
-Vk;
-Telegram.