Umumiy maʻlumotlar
Maqbullik shartlari
Nomzodaga qo‘yilgan talablar:
- Nomzod Xitoy fuqarosi bo‘lmasligi va Xitoy qonun-qoidalariga rioya qilishga rozilik bildirishi kerak;
- Nomzod 35 yoshdan oshmagan, jismonan hamda ruhan sog‘lom bo‘lishi va Xitoy hududiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklari bo‘lmasligi lozim;
- Nufuzli universitetda bakalavriatning oxirgi bosqichi, magistratura yoki doktoranturaning istalgan bosqichida tahsil olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi kerak;
- Atrof-muhitga doir fanlar, ekologiya, geografiya, resurslar, biologiya, kimyo va boshqa tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tegishli ma’lumotga ega bo‘lishi talab etiladi. Sohalararo mutaxassisliklar ham ariza topshirishlari mumkin;
- Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak.
Foydali tomonlari
Hujjat topshirish
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni ariza shaklida yuklash so‘raladi:
- Pasport nusxasi (kamida olti oy muddat davomida amal qiladi);
- Pasport surati o‘lchamiga mos fotosuratning elektron nusxasi;
- Bakalavr yoki magistr darajasi diplomi (hozirda talaba bo‘lganlar ta’lim muassisidan ma’lumotnoma taqdim etadilar);
- Bakalavr yoki magistr darajasi baholar transkripti (hozirda talaba bo‘lganlar shu paytgacha olgan baholarini joylaydilar);
- Ingliz tili bilim darajasini tasdiqlovchi biror hujjat (IELTS, CEFR va boshqalar);
- Dotsent yoki undan yuqori darajali professordan tavsiyanoma (ixtiyoriy).
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Muayyan ilmiy tadqiqot tajribasiga ega va magistratura yoki doktorantura yo‘nalishida kelajakda Xitoy Fanlar akademiyasi universitetida o‘qishni davom ettirishni istaganlarga ustuvorlik beriladi.