Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan One World Young sammitida qatnashish imkonini beruvchi Peaceful Futures Scholarship dasturi

Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan One World Young sammitida qatnashish imkonini beruvchi Peaceful Futures Scholarship dasturi

  • 18/10/2021 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Yaponiya Davlat
  • 15.11.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan 30 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Citizens of our Planet jamg‘armasi tomonidan zo‘ravonlikka barham berish va keyingi avlodlarga tinch kelajak yaratish uchun namunali ish olib boradigan  yosh yetakchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida The Peaceful Futures Scholarship grant dasturi e’lon qilinadi. Peaceful Futures Scholarship   ishtirokchilari Tokio shahrida 16-19- may kunlari bo‘lib o‘tadigan One Young World sammitida dunyoning 190 dan ortiq mamlakatidan kelgan o‘z tengdoshlari, siyosiy, biznes fan rahbarlari bilan networking, seminar, forumlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.  

Tadbir ishtirokchilarning Citizens of our Planet jamg‘armasining zo‘ravonlikka qarshi kurashish harakatida ishtirok etib kelish uchun doimiy a’zosi bo‘lishni taklif qiladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar sammitda qatnashishlari uchun yo‘l, turar-joy, oziq-ovqat xarajatlarini qoplaydi. 

Maqbullik shartlari

  • 18-30 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
  • Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshira  oladi;
  • Nomzodlar yoshlar orasida zo‘ravonlikka qarshi kurashda ijobiy ta’sir ko‘rsata olishlarini namoyon qila olishlari kerak.

Arizalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

Dunyo bo‘ylab ayniqsa kuchsiz, zaif jamiyatlarda  yoshlar o‘rtasidagi zo‘ravonlikni kamaytirishga bo'lgan harakatlarni ko‘rsatib bera olishi. Bunga quyidagi faoliyatlar  kirishi mumkin:

  • Ta’lim dasturlari;
  • Daromadlarning tengsizligi kabi asosiy sabablarni bartaraf etishga bo‘lgan harakatlar;
  • Xavfli davrda bo‘lgan yoshlarga  qaratilgan profilaktik dasturlar;
  • Ziddiyatdagi guruhlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlaydigan harakatlar;
  • O‘zlari tanlagan muammoga yechim topish hamda manfaatdor tomonlarni  qo‘llab-quvvatlash borasida yetakchilik qobiliyati;
  • Tanlangan sabab yoki muammo atrofida manfaatdor tomonlarni qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirishda yetakchilik qobiliyati;
  • Tadbirkorlik va qadriyatlarga asosidagi innovatsiya va muammolarni hal qilish qobiliyati;
  • Mahalliy va global muammolarga bo‘lgan munosabati;
  • Birgalikda ishlash va hamkorlik orqali umumiy maqsadga erishish tajribasi.

Citizens of our Planet One Young World tomonidan ro‘yxatga kiritilgan nomzodlar orasidan 6 ta ishtirokchi  saralab olinadi.

Ushbu havola orqali dastur bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Yaponiyaning Tokio shahrida 16-19 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi One Young World sammittida ishtirok etish;
  • Sammitdan oldingi va keyingi Citizens of our Planetda  ishtirok etish;
  • Ishtirokchilar  15-19 may kunlari turar-joy bilan ta’minlanadi;
  • Yo‘l xarajatlari qoplanadi;
  • Oziq-ovqat bilan ta‘minlanadi;
  • Sammit turar joyi va sammit o‘tkaziladigan joy o‘rtasidagi borib-kelish xarajati ham ta’minlanadi;
  • Ishtirokchilar One Young World elchilari jamiyatining doimiy a’zosi bo‘lishadi.

Hujjat topshirish

  • Arizalar onlayn shaklda topshiriladi.
  • Arizada so‘ralgan bir nechta savollarga 200 ta so‘zdan oshmagan shaklda berish kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:

14 Irving Street
London,
WC2H 7AF

-Tel:+44 (0)20 3691 8060

-E: info@oneyoungworld.com

Yaponiya
Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan One World Young sammitida qatnashish imkonini beruvchi Peaceful Futures Scholarship dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar