Oʻzbekistonning yetakchi IT-kompaniyalaridan ayol-qizlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturlari

Oʻzbekistonning yetakchi IT-kompaniyalaridan ayol-qizlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturlari

  • 20/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 10/10/2024 23:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili, O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    28 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oʻzbekistonning yetakchi IT-kompaniyalari ayol-qizlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturlarini taqdim etadi. Dastur Tech4Impact NNT tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Ushbu dastur mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlishga va oʻzlari stajirovkadan oʻtayotgan kompaniyalarda ishga joylashishga daʼvogarlik qilishga intilayotgan oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilari boʻlgan qizlar va ayollar hamda oʻz faoliyatini endigina boshlagan yosh mutaxassislar uchun moʻljallangan.

Amaliyot dasturlarining koʻpchiligi Toshkentda joylashgan kompaniyalarda oʻtkaziladi. Bir oy davom etadigan dasturda qatnashish uchun jami 30 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Amaliyot dasturlari 2024-yil oktyabrdan noyabrgacha gibrid rejimda (dastavval onlayn uchrashuvlar va seminarlar, soʻngra 1 oy toʻlanadigan oflayn amaliyotlar) oʻtkaziladi. Noyabr oyida Toshkentda dasturning final tadbiri boʻlib oʻtadi, unda har bir ishtirokchi oʻz amaliyotining natijalarini taqdim etadi va BMTTD ning sertifikatiga ega boʻladi.

Arizalar 2024-yil 10-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Oʻzbekistonning istalgan hududida yashaydigan 28 yoshgacha boʻlgan ayol-qizlar qatnashishi mumkin;
  • Ishtirokchilar IT sohasi boʻyicha oʻqiyotgan talaba yoki oʻqishni tamomlagan va oʻz faoliyatini endigina boshlagan yosh mutaxassis boʻlishi kerak.

Muhim: Nomzodning ingliz va/yoki rus tilini bilishi inobatga olinadi.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Toshkentda yashash va ishlash xarajatlarini qoplaydigan stipendiya bilan taʼminlanadi;
  • Dastur yakunida sertifikat beriladi;
  • Ish uchun muhim boʻlgan koʻnikmalarga ega boʻlish, kompaniya faoliyatiga oʻz hissangizni qoʻshish va oʻz loyihasini amalga oshirish imkoniyati.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • CV: 100 mb dan oshmaydigan PDF fayl koʻrinishida (fayl nomzodning ism-familiyasi bilan nomlangan boʻlishi lozim);
  • Til bilish darajalari (sertifikat soʻralmaydi);
  • Ish joyi va lavozimi (agar boʻlsa);
  • Volontyorlik yoki boshqa amaliyot dasturlari boʻyicha tajribasi haqida;
  • Nomzodning soha boʻyicha bilim darajasi, kelajakdagi rejalari va hozirgi ahvoli haqida toʻliqroq maʼlumot olish uchun maxsus savollar.

Eslatma: Soʻrovnoma toʻldirilganidan keyin eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar onlayn-intervyuga taklif qilinadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 10-oktyabr, 2024-yil;
  • Email: info@tech4impact.uz;
  • Tel: +998(90) 989 72 57 (Elena Selezneva — amaliyot dasturi boʻyicha koordinatori);
  • Dastur haqida Telegram orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin.
Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning yetakchi IT-kompaniyalaridan ayol-qizlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturlari

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar