Talaba va yosh mutaxassislar uchun Samarqandda xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab

Talaba va yosh mutaxassislar uchun Samarqandda xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab

  • 24/04/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 15/06/2024 04:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yustus Libix nomidagi Gisen universiteti, Markaziy Osiyodagi uchta tadqiqot instituti hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO) Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamkorlikda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qiziqqan talaba va yosh mutaxassislar uchun TRANS-LIVESTOCK yozgi maktabi taqdim etiladi.

“Tojikiston va Oʻzbekiston transchegaraviy mintaqasida chorvachilikning iqtisodiy integratsiyasi – TRANSLIVESTOCK” loyihasi Markaziy Osiyoning beshta davlatida qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi strategiyalarni toʻplashga qaratilgan.

Dastur “Markaziy Osiyoda qishloq xoʻjaligi rivojlanishining miqdoriy tahlili” (Quantitative analysis of agricultural development in Central Asia) mavzusida boʻlib jami 15 nafar ishtirokchiga dasturda qatnashish imkoniyati beriladi. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Yozgi maktabda uyidagi mutaxassislar tomonidan bilim beriladi:

  • Prof. Dr. Martin Petrik (Yustus Libix nomidagi Gisen universiteti);
  • Doktor Sara Robinson (Yustus Libix nomidagi Gisen universiteti);
  • Doktor Sherzod Babaxolov (Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va innovatsiyalarni oʻrganish markazi, Oʻzbekiston);
  • Irina Hopp M.Sc. (Yustus Libix nomidagi Gisen universiteti).

Yozgi maktab 2024-yil 30-sentyabrdan 4-oktyabrgacha Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutidagi Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va innovatsiyalarni oʻrganish markazida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: Loyiha soʻnggi paytlarda siyosiy yaqinlashuvning qoʻshni davlatlar Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy va ilmiy hamkorlikka taʼsirini oʻrganadi. Asosiy eʼtibor yuqori qiymatli va tez buziladigan chorvachilik mahsulotlarining yangi paydo boʻlayotgan savdo imkoniyatlari va Tojikistonning Sugʻd viloyati atrofidagi ikki davlat chegarasidagi yaylovlardan foydalanishga qaratilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot tolish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda qishloq xoʻjaligi yoki ijtimoiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasiga ega nomzodlar yoki PhD talabalari hamda soha boʻyicha ishlayotgan yosh mutaxassislar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim (ayniqsa oʻqish, gapirish va yozish darajasi yaxshi boʻlishiga eʼtibor beriladi);
  • Dasturda har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha intensiv faol ishtirok etish talab qilinadi;
  • Ishtirokchilar yozgi maktabga matnni qayta ishlash, elektron jadvallarni hisoblash, taqdimot dasturlari (Microsoft Office kabi) oʻrnatilgan shaxsiy noutbuklarini olib kelishlari kerak;
  • Dastur boʻyicha boshlangʻich statistik maʼlumotlarni oldindan bilish lozim;
  • Nomzodlar oʻzlarining dastlabki maʼlumotlarini toʻplash asosida loyiha hududida chorvachilik holatini oʻrganadilar.

Muhim: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi ishtirokchilarga ustunlik beriladi.

Dasturning maqbullik shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Viza toʻlovlari, sayohat xarajatlari, turar joy va ovqatlanish qoplanadi;
  • Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi.

Eslatma: Qabul qilingan ishtirokchilar viza va tibbiy sugʻurta qilishni mustaqil ravishda amalga oshirishlari kerak.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar kerakli hujjatlarni irina.hopp@wirtschaft.uni-giessen.de elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • CV (2 bet) nomzodning ismi, aloqa maʼlumotlari, ish/oʻqish dasturi joyi, taʼlim yoʻnalishi va ingliz tilini bilish darajasi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak;
  • Shaxsiy bayonot (2 bet) ishtirokchining tajriba va ish sohasi, ishning yozgi maktab mavzusiga aloqasi, dasturda qatnashish uchun sabablari va afzal koʻrgan statistik dasturiy taʼminoti haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi lozim;
  • Til bilish sertifikati: IELTS, TOEFL (agar boʻlsa).

Eslatma: Barcha hujjatlar PDF formatda emailning mavzu qismida “TRANS-LIVESTOCK Summer School Application” yozilgan holda topshirilishi lozim.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 15-iyun, 2024-yil;
  • Natijalar eʼlon qilinadi: 30-iyun, 2024-yil;
  • Email: irina.hopp@wirtschaft.uni-giessen.de;
  • Tel: + 49 641 99-37063;
  • Manzil: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutidagi Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va innovatsiyalarni oʻrganish markazi
    (CARIS), Dahbed qoʻrgʻoni, A.Temur koʻchasi 7.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Oʻzbekiston
Talaba va yosh mutaxassislar uchun Samarqandda xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar