Xitoyda barcha xarajatlari to‘liq qoplanadigan 10 kunlik yozgi maktab: UCAS International Summer School 2024

Xitoyda barcha xarajatlari to‘liq qoplanadigan 10 kunlik yozgi maktab: UCAS International Summer School 2024

  • 27/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Xitoy Davlat
  • 27/07/2024 08:27 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Xitoy Fanlar akademiyasi universiteti (UCAS) tomonidan 18-27-iyul kunlari xalqaro yozgi maktab tashkil etiladi. U "Global o‘zgarishlar va ekologik salomatlik" (Global Change and Ecological Health) mavzusida o‘tkazilib, xorijiy ekspertlar va olimlarni o‘zida birlashtiradi.

Ushbu dasturga dunyoning taniqli universitetlaridan ekologiya, geografik resurslar, biologiya, kimyo va boshqa tegishli fanlar bo‘yicha professional ma’lumotga ega bo‘lgan ekologiya va atrof-muhitga qiziquvchi 30-45 nafar xalqaro talabalar jalb qilinadi.

Ishtirokchilar nafaqat ekologik muhitni muhofaza qilish holatlari bilan tanishish va mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniga ega, balki ilmiy tadqiqot faoliyatida ishtirok etishadi va an’anaviy Xitoy madaniyati bilan tanishadilar.

Dasturda ishtirok etish bepul. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi. Ariza topshirish 2024-yil 31-maygacha davom etadi.

Maqbullik shartlari

Nomzodaga qo‘yilgan talablar:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo‘lmasligi va Xitoy qonun-qoidalariga rioya qilishga rozilik bildirishi kerak;
  • Nomzod 35 yoshdan oshmagan, jismonan hamda ruhan sog‘lom bo‘lishi va Xitoy hududiga kirishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklari bo‘lmasligi lozim;
  • Nufuzli universitetda bakalavriatning oxirgi bosqichi, magistratura yoki doktoranturaning istalgan bosqichida tahsil olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi kerak;
  • Atrof-muhitga doir fanlar, ekologiya, geografiya, resurslar, biologiya, kimyo va boshqa tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha tegishli ma’lumotga ega bo‘lishi talab etiladi. Sohalararo mutaxassisliklar ham ariza topshirishlari mumkin;
  • Ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Xitoyga borish/qaytish safar xarajatlari to‘liq qoplanadi;
  • Bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari to‘lab beriladi;
  • Talabalar xalqaro yozgi maktab dasturini muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng UCAS tomonidan bitiruv sertifikatiga ega bo‘ladilar. 
  • Eng muvaffaqiyatli ishtirokchilar, shuningdek, UCAS xalqaro talaba stipendiyasi bo‘yicha tavsiya xatini olishlari mumkin.

Dastur davomida oladigan bilim va koʻnikmalari haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqishingiz mumkin.

Hujjat topshirish

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Xitoy
Xitoyda barcha xarajatlari to‘liq qoplanadigan 10 kunlik yozgi maktab: UCAS International Summer School 2024

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar