Bitiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun Germaniya Parlamenti (Bundestag) da 5 oy davomida to'liq moliyalashtirilgan holda amaliyot o'tish imkonini beruvchi grant dasturi

Bitiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun Germaniya Parlamenti (Bundestag) da 5 oy davomida to'liq moliyalashtirilgan holda amaliyot o'tish imkonini beruvchi grant dasturi

  • 01/06/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Germaniya Davlat
  • 31.07.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Oliy ma'lumotli (magistr), Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    30 yoshgacha

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Germaniyaning Free University, Humboldt University va Technical University bilan birgalikda Germaniya Bundestagi har yili 50 ta davlatdan kelgan yosh universitet bitiruvchilariga 120 ga yaqin stipendiya ajratib keladi. Dastur 2024-yil uchun ham qabul boshlanganini e’lon qiladi. 

Dastur davomida to'liq ish kunining bir qismi sifatida stipendiya egalari parlament ofisining turli vazifalarini, parlament a'zolarinining qo'mitalar, deputatlik guruhlari va boshqa organlarning yig'ilishlarini kuzatib borish va parlamentning ichki faoliyati, o'zaro aloqalari va protseduralari to'g'risida tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, stipendiya egalari Germaniya Federativ Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan siyosiy fondlar tomonidan tashkil etilgan o'quv seminarlari bilan tanishadilar. 

Maqbullik shartlari

  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi (ikki fuqarolik bo'lishi mumkin);
  • Istalgan yo'nalishda bakalavr, magistr yoki doktorlik darajasiga ega bo'lishi (2024-yil 31-dekabrga qadar asosli holatlarda ilmiy darajani tasdiqlovchi hujjat topshirilishi mumkin); 
  • Nemis tilini yaxshi bilishi (hech bo‘lmaganda B2 darajada);
  • 30 yoshdan kich bo'lish (1995-yil 1-martdan keyin tug'ilgan bo'lish lozim);
  • Germaniya tarixi bilan birglikda siyosiy va ijtimoiy holatlarga qiziqish bildirishi;
  • Ijtimoiy-siyosiy bilimlardan xabardor bo‘lishi kerak.

Foydali tomonlari

  • Oyiga €700 miqdorida stipendiya;
  • Germaniyaga borib kelish xarajatlari;
  • Turar-joy beriladi;
  • Tibbiy sug‘urta bilan ta'minlanadi.

Hujjat topshirish

Arizda quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:

  1. Nemis tilida shaxsiy imzo bo‘lgan ariza (ikki sahifadan oshmasligi kerak)
  2. Rasmiy tasdiqlangan va ikki yildan oshmagan nemis tilini bilishini tasdiqlovchi til sertifikati (masalan: TestDaF, ZOP, DSH yoki IPS til sertifikati). Agar talab qilingan nemis tilini bilishi nomzodning tarjimai holidan ko‘rinib turgan bo‘lsa ham qabul qilinadi (ya’ni Germniyada nemis tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlashi)
  3. Nemis yoki ingliz tilidagi ikkita tavsiyanoma (bir yildan oshmagan bo‘lishi), ulardan biri universitet professori yoki rasmiy ish yuritish bo'yicha kasbiy malakalarini baholaydigan ishxona rahbari tomonidan;
  4. JPEG yoki oddiy formatdagi rasm
  5. Pasport nusxasi
  6. To'liq hujjatlarni elektron pochta orqali PDF shaklda, faylni o'z ism familiyangiz bilan nomlab (masalan, Muster-Max.pdf), quyida keltirilgan elektron pochta manziliga yuboring. info@taschkent.diplo.de
  7. Agar PDF hajmi 15 MB dan katta oshsa, iltimos, hujjatlarni bir nechta elektron pochta xabarlariga ajrating. 

Barcha topshirilishi kerak bo'lgan hujjatlar to'plamini bu yerda tekshirib olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Ishtirokchilar ikki bosqichda saralab olinadi. Tanlov oldi bosqichi Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshiriladi. Eng malakali nomzodlar kuzda bo‘lib o‘tadigan suhbatga chaqiriladi. 
  • IPS dasturi jami 5 oy (1-martdan 31-iyulgacha) davom etadi.
  • Dasturning boshida uchta uchta Berlin universitetining ishtirokchilari mahalliy akademik hayot bilan tanishadilar va Bundestag ma'muriyati ularga parlament faoliyati to'g'risida tushuncha beradi.
Germaniya
Bitiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun Germaniya Parlamenti (Bundestag) da 5 oy davomida to'liq moliyalashtirilgan holda amaliyot o'tish imkonini beruvchi grant dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar