Umumiy maʻlumotlar
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan professional oʻsishni istagan barcha uchun 4 oylik yozgi amaliyot dasturi taqdim etiladi.
Dasturda qatnashish orqali ishtirokchilar haqiqiy loyihalarda ishtirok etish, davlat tizimi bilan yaqindan tanishish, kreativ fikrlar bilan tanishish va eng asosiysi — oʻziga va jamiyatga foyda keltirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ishtirokchilar quyidagi boʻlimlarda amaliyot oʻtashlari mumkin:
- Axborot xizmati boʻlimi;
- Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi;
- Ichki audit boʻlimi;
- Davlat tili boʻyicha maslahatchisi;
- Xalqaro hamkorlik va reytinglari;
- Yoshlar balansini muvofiqlashtirish;
- Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish;
- Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yoshlar siyosatini amalga oshirish;
- Mahalladagi yoshlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Strategik rejalashtirish,istiqbolli loyihalar va metodologiya;
- Murojaatlar bilan ishlash;
- Devonxona ishi boʻyicha;
- Bolalar, xotin-qizlar, taʼlimdagi yoshlarni, volontyorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
- Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dasturda professional oʻsishni istagan yoshlar qatnashishi mumkin;
- Nomzoddan faol, gʻayratli va tashabbuskor boʻlish hamda oʻzgarishlar qilishga tayyorlik talab qilinadi.
Foydali tomonlari
- Dasturda bepul qatnashish mumkin;
- Real loyihalarda ishtirok etish;
- Tajribali mutaxassislar bilan yonma-yon ishlash;
- Rezyume uchun muhim tajriba toʻplash imkoniyati.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:
- Shaxsiy maʼlumotlar;
- Taʼlim dargohi;
- Aloqa maʼlumotlari;
- Topshirayotgan boʻlim;
- Rezyume (maksimal 10 MB);
- 1 daqiqalik video;
- Videoni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishga rozilik.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Dastur haqida qoʻshimcha ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.