Tavsif
Yaponiya hukumatining Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi (METI) tomonidan ilgʻor malakaga ega mutaxassis va talabalar uchun haq toʻlanadigan METI Japan Internship Program 2026 amaliyot dasturi taqdim etiladi. Dastur doirasida Yaponiyadagi jami 80 ta kompaniyaga amaliyotchilar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Dasturdan asosiy maqsad yapon kompaniyalarining globallashuvini ragʻbatlantirish, kompaniyalarning xorijdagi biznesini kengaytirish va amaliyot dasturi orqali xorijdagi universitetlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.
Ishtirokchilar 2 xil usulda amaliyot oʻtashlari mumkin:
- Shaxsan amaliyot oʻtash. Bunda amaliyotchilar Yaponiyadagi asosiy biznes joylari boʻlgan kichik va oʻrta kompaniyalarda faoliyat olib borishadi (sanoat assotsiatsiyalari, notijorat tashkilotlari va mahalliy hukumatlar bundan mustasno).
- Onlayn amaliyot oʻtash. Bunda mezbon kompaniya faoliyatining rahbarligi va boshqaruvi ostida amaliyotchi tomonidan masofadan turib amalga oshiriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.