Yaponiya qishki madaniyat oromgohi — 40 yoshgacha boʻlgan barcha millat vakillari uchun 6 kunlik madaniy sayohat

Yaponiya qishki madaniyat oromgohi — 40 yoshgacha boʻlgan barcha millat vakillari uchun 6 kunlik madaniy sayohat

  • 17/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Yaponiya Davlat
  • 31.10.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    15 yoshdan 35 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yaponiya qishki madaniyati oromgohi AYFN akademiyasi tomonidan asos solingan dastur boʻlib, dunyo boʻylab 17-40 yoshdagilar uchun yapon madaniyati bilan yaqindan tanishish hamda xalqaro doʻstlar orttirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur 2015-yildan beri oʻtkaziladi.

Dastur davomida ishtirokchilar 6 kun davomida Yaponiyaning Osaka shahrida istiqomat qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Oromgoh Yaponiyaning madaniyati boʻyicha mashhur shaharlaridan boʻlgan Osaka, Kioto va Kоbe shaharlarida oʻtkaziladi.

Dastur davomida qatnashchilar Osaka shahridagi 3 yulduzli mehmonxonalarda istiqomat qilib, 6 kun davomida yuqoridagi shaharlar boʻylab sayohat qilishadi. Nomzodlar sushi, ramen, udon kabi mashhur Yaponiya taomlari bilan mehmon qilinadi.

Dasturda qatnashish uchun ishtirokchilar bir martalik dastur toʻlovini toʻlashlari lozim.

Dastur 2025-yil 12-yanvardan 17-yanvarga qadar boʻlib oʻtadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

AYFN akademiyasi orqali dasturda toʻliq grant bilan qatnashish istagida boʻlgan nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Ishtirokchilar 17-40 yosh oraligʻida boʻlishi kerak;
  • Barcha millat vakillari qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar ingliz tilida erkin muloqot qila olishlari kerak;
  • Ishtirokchilar yaxshi yozish va gapira olish qobiliyatiga ega boʻlishi, ijtimoiy tarmoqlarda faol va ular bilan yaxshi ishlashni bilishi lozim;
  • Yetakchilik qobiliyati hamda jismoniy hamda ruhan sogʻlomlik talab etiladi;
  • Ushbu kategoriyaga 4 nafar nomzod saralab olinadi.

Dasturda oʻz mablagʻi hisobidan ishtirok etmoqchi boʻlgan nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • 17-40 yoshdagi barcha millat vakillari ishtirok etishi mumkin;
  • Yangi muhitga oson moslasha olish hamda ruhan va jismonan sogʻlomlik talab etiladi;
  • Qatnashchi dastur xarajatlarini oʻzi qoplay olishi lozim;
  • Ushbu kategoriyaga 15 nafar nomzod saralab olinadi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Osaka shahrida 6 kun yashash imkoniyati beriladi;
  • Yapon madaniyatini toʻgʻridan toʻgʻri oʻrganish uchun muhit;
  • Kioto boʻylab piyoda sayohat qilish imkoniyati;
  • Mahalliy anʼanalarni oʻrganish orqali mahalliy aholi hayotini his qilish;
  • Dasturda qatnashganlik uchun sertifikat beriladi.

Ushbu dasturda qatnashish uchun 2 xil shakldan birini tanlab ariza topshirish mumkin:

  • Xarajatlari toʻliq qoplanadigan (fully funded) — Yaponiyaga safar xarajatlari, turarjoy, aeroportdan kutib olish bilan bogʻliq xarajatlar, ovqatlanish, ichki transport, maʼmuriy xarajatlar qорlanadi;
  • Ishtirokchining oʻz hisobidan qoplanadigan (self funded) — bunda ishtirokchi Yaроniyaga borish-kelish xarajatlarini, viza, sugʻurta xarajatlarini oʻz hisobidan toʻlaydi. Turarjoy, 2 mahal ovqatlanish, ichki transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • CV (Yevropa namunasidagi);
  • “Bu grant menga nega kerak” mavzusida 250 soʻzli motivatsion xat;
  • “Nima uchun men ushbu grantga munosibman” mavzusida 250 soʻzli motivatsion xat;
  • Ariza topshirish toʻlovi kvitansiyasi.

Muhim: barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Xarajatlari toʻliq qoplanadigan grant turiga ariza tоpshirishda 3 kategoriyadan birini tanlab tорshirish mumkin:

  • Gold — dastur badali va $1,250 gacha boʻlgan xalqaro safar xarajatlari qoplanadi;
  • Silver — dastur badali va $500 gacha boʻlgan xalqaro safar xarajatlari qoplanadi;
  • Blue — dastur badali va $250 gacha boʻlgan xalqaro safar xarajatlari qoplanadi.

Eslatma: dastur badali quyidagilarni oʻz ichiga oladi: turar joy (ikki kishilik umumiy), ovqatlanish (4 nonushta va 4 tushlik), jadval boʻyicha koʻrsatilgan barcha tadbirlar va turlar, mahalliy transportlar (poyezd va avtobus), ishtirok etganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikat, dastur nazorati, mamlakat ichidagi maʼmuriyat xarajatlar va suvenir.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Ishtirokchilar dasturni har kuni ertalab 7.30 da boshlashadi va 17:00 gacha davom ettirishadi. Kechki paytda nomzodlar xarid qilish va shahar aylanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dastur 2 bosqichda boʻladi:

  • 1-bosqich: Hujjatlar topshiriladi;
  • 2-bosqich: Intervyu olinadi.

 Tanlangan nomzodlar 2024-yil 30-nоyabrda eʼlon qilinadi.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: 

Yaponiya
Yaponiya qishki madaniyat oromgohi — 40 yoshgacha boʻlgan barcha millat vakillari uchun 6 kunlik madaniy sayohat

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar