AQShning Yale universitetidan 2 haftalik yozgi maktabda 100% bepul qatnashish imkonini beruvchi Yale Young Global Scholarship dasturi

AQShning Yale universitetidan 2 haftalik yozgi maktabda 100% bepul qatnashish imkonini beruvchi Yale Young Global Scholarship dasturi

  • 10/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 21/10/2024 08:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan 18 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yale Young Global Scholars (YYGS) — butun dunyo boʻylab ilm-fanga qiziquvchi oʻsmirlarni bir joyda toʻplovchi ikki haftalik akademik yozgi maktab boʻlib, AQSHning mashhur Yale universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.

Shu vaqtga qadar 150 dan ortiq mamlakatdan va AQShning 50 shtatidan 2000 dan ortiq talabalar dasturda ishtirok etib, ularga 3 million dollardan ortiq moliyaviy yordam koʻrsatildi. 2024-yilda moliyaviy yordam soʻrab murojaat qilgan barcha qabul qilingan talabalar soʻrovlarining 99 foizi toʻliq qondirilgan.

Qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar maktab yoki litseyning oxirgi bosiqchida oʻqiyotgan boʻlishi hamda 16-18 yosh oraligʻida boʻlishi lozim. Nomzodlar quyidagi 4 yoʻnalishdan biri boʻyicha yozgi maktabda oʻqishlari mumkin:

Fan va texnologiyadagi yangiliklar

Adabiyot, falsafa va madaniyat

Siyosat, huquq va iqtisod

Global muammolarni hal qilish

  • Dasturga erta qabul uchun оxirgi muddat: 2024-yil 21-оktyabr sоat 08:59 gacha;
  • Dоimiy qabul uchun оxirgi muddat: 2024-yil 21-dekabr sоat 08:59 gacha.

Grant asosida, 100% imtiyoz bilan qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar uchun qoʻyilgan talab bilan bu yerda tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Istalgan davlating fuqarolari ariza berishi mumkin;
  • Nomzod 2025-yilning 20-iyuliga qadar 16-18 yosh oraligʻida boʻlishi kerak;
  • Toʻliq ingliz tilida olib boriladigan oʻquv dasturida erkin qatnasha olishi kerak;
  • Yuqori sinfda (oxirgi yoki oxirgidan oldingi sinfda) oʻqiyotgan boʻlishi lozim.
  • Yuqori maktab yoki shunga teng boʻlgan oʻqishni 2026 yoki 2027-yilning may-iyun oylarida tugatishi zarur;
  • Dasturga birinchi marta qatnashayotgan boʻlishi lozim (2024-yoki undan oldingi yilda arizasi muvaffaqiyatli qabul qilinib, dasturda qatnashganlar arizasi koʻrib chiqilmaydi);

Dasturga qoʻyilgan talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Moliyaviy yordam asosida qabul qilingan nomzodlarning o‘quv mashg‘ulotlari xarajati ($6,500) 100% qoplab beriladi;
  • Safar xarajatlari ham qoplanishi mumkin.

Muhim: 

  • 2 haftalik jonli darsda qatnashish narxi - $6,500. 

Hujjat topshirish

Nomzodlar quyidagi tartibda hujjat topshirishlari lozim:

  1. Online arizani toʻldirish (Ariza badali: erta qabul uchun $75; dоimiy qabul uchun $90; Agar arizachi ariza tоʼlоvini tоʼlay оlmasa, ariza toʻlovidan оzоd qilishni sоʼrashi mumkin)
  2. Mashgʻulotlar roʻyxati.
  3. 400 soʻzdan ibora insho (insho namunasi bu yerda) va 200 soʻzlik javob xati.
  4. Ikkita “tezkor” javob (Har biri 280 belgidan iborat)
  5. Maktab attestati (rasman tasdiqlangan)
  6. 2 ta tavsiya beruvchi shaxs (YYGS uchun tavsiyanomani nomzoddan mustaqil holda arizada taqdim etishlari kerak)
  7. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi TOEFL yoki DuoLingo testi natijalari (ixtiyoriy).
  8. Moliyaviy yordam soʻrash (ixtiyoriy; buning uchun ariza berishda moliyaviy yordam boʻlimini toʻldirish lozim).

Eslatma:

  • Dasturga hujjatlarni berishdan oldin, ariza topshirish bilan bogʻliq jarayonlar hamda shartlar bilan batafsil bu yerda tanishib chiqish lozim.
  • Toʻliq toʻldirilgan onlayn arizalargina koʻrib chiqiladi;
  • Ariza badali nomzod dasturga qabul qilinishi-qilinmasligidan qatʼi nazar, qaytarib berilmaydi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Dasturga erta qabul bоʼyicha qabul qilinganlik, shuningdek, moliyaviy yordam boʻyicha bildirishnoma 2024-yil 17-dekabr sоat 08:59 gacha eʼlon qilinadi;
  • Dоimiy qabul bоʼyicha qabul qilinganlik, shuningdek, moliyaviy yordam boʻyicha bildirishnoma 2025-yil 11-mart sоat 08:59 gacha eʼlon qilinadi;

Dastur bilan bogʻliq muddatlar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot va savollar uchun:

  • Elektron pochta: global.scholars@yale.edu
  • Tezkor savol-javoblar boʻlimi.
  • Ushbu sahifada keltirilgan onlayn arizani toʻldirish orqali
AQSh
AQShning Yale universitetidan 2 haftalik yozgi maktabda 100% bepul qatnashish imkonini beruvchi Yale Young Global Scholarship dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar