35 yoshgacha bo’lganlar uchun BMT tomonidan Youth for Biosecurity Fellowship dasturi. Shveysariyaga sayohat xarajatlari to’liq qoplanadi!

35 yoshgacha bo’lganlar uchun BMT tomonidan Youth for Biosecurity Fellowship dasturi. Shveysariyaga sayohat xarajatlari to’liq qoplanadi!

  • 15/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Shvetsariya Davlat
  • 05/04/2024 20:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    35 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Birlashgan Millatlar Tashkilotining biologik qurollar boʻyicha konvensiyasida (Biological Weapons Convention) yoshlarning tutgan oʻrni katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun, tashkilotning Jenevadagi Qurolsizlantirish ishlari boʻlimi tomonidan Youth for BIosecurity Fellowship 2024 dasturi tashkillashtirilgan. Dasturga rivojlanayotgan va rivojlanishdan ortda qolgan davlat fuqarolaridan 20 ta nomzod saralab olinadi va ularning Shveysariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtadigan konvensiyada qatnashish xarajatlari qoplab beriladi. Dastur 3 oy davom etadi va bu vaqt davomida nomzodlardan ishlari va oʻqishlariga kamroq vaqt sarflash talab qilinishi mumkin. Ular konvensiya oldidan bir oylik tayyorlov seminarida ishtirok etishadi, shuningdek, 2024-yil 19-23-avgust kunlari Jenevada boʻlib oʻtadigan 5 kunlik konvensiyada qatnashishadi. Dastur davomida yosh olimlar, diplomatlar, ekspertlar, fuqarolik ijtimoiy tashkilotlari va boshqa yosh mutaxassislar bilan koʻrishish, hamkorlik qilish hamda fikr almashish imkoni paydo boʻladi.

Dasturga ariza topshirish jarayoni 2024-yil 5-aprelgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • 35 yoshdan oshmagan boʻlishi;
  • Nomzod BMTning biologik qurol-yaroq konvensiyasi davlatlari roʻyxatida rivojlanmagan, daromadi kam yoki oʻrta daromadli davlatlar roʻyxatida boʻlishi kerak (Oʻzbekiston ham roʻyxatda mavjud);
  • Qatnashchilarning mutaxassisligi biologiya, botanika, zoologiya, mikrobiologiya, psixologiya va shu kabi aniq fanlar yoʻnalishida boʻlishi lozim. Ijtimoiy fanlar mutaxassis nomzodlari ham bioxavfsizlik, sogʻliq xavfsizligi, qurolsizlantirish va qurollarni tarqatmaslik borasida katta hissa qoʻshganliklarini yoritib bergan taqdirda qabul qilinishlari mumkin;
  • Ingliz tilini yozma va ogʻzaki darajada yaxshi bilishlari kerak;
  • Bioxavfsizlik, qurolsizlantirish, qurollarni tarqatmaslik sohalariga qiziqish, ushbu sohalarda tajribaga ega boʻlishlari yoki biologik qurollardan foydalanishga qarshi hissa qoʻsha olishlari lozim;
  • Biologik qurollar konvensiyasi va uning qurolsizlantirish va sogʻliq xavfsizligida tutgan oʻrni haqida koʻproq maʼlumot oʻrganishga qiziqishlari kerak.

Eslatma! Ayol nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Shveysariyaning Jeneva shahrida boʻladigan konvensiya xarajatlari toʻliq qoplanadi;
  • Konvensiya oldidan bir oylik tayyorlov seminarida ishtirok etish imkoniyati beriladi;
  • Qurolsizlantirish, qurollarni tarqatmaslik, bioxavfsizlik, va sogʻliq xavfsizligi sohalarida kichik guruhlarda yetakchi mutaxassislar bilan ishlash imkoni boʻladi;
  • Dastur davomida yosh olimlar, diplomatlar, ekspertlar, fuqarolik ijtimoiy tashkilotlari va boshqa yosh mutaxassislar bilan koʻrishish, hamkorlik qilish hamda fikr almashish imkoni paydo boʻladi;
  • Endi rivojlanayotgan bioxavfsizlik sohasida tanishlar orttirish va mutaxassislar bilan tanishish mumkin boʻladi.

Dasturning foydali tomonlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga roʻyxatdan oʻtish va saralash jarayoni quyidagicha:

  1. Ariza topshirishdan oldin dastur shartlari, ishtirokchilarning majburiyatlari va vazifalari bilan yaxshilab tanishib chiqing;
  2. Ariza shaklini toʻldiring va bunda quyidagi hujjatlarni yuklang:

-Qisqacha CV (1-3 bet);

-Tavsiyanoma (nomzodning ushbu sohadagi qobiliyati va ajralib turgan jihatlarini yoritib bera oladigan insondan);

-Pasport nusxasi.

3. The Youth for Biosecurity Fellowshipga nomzodlar saralab olinadi: Dasturda faqatgina eng yaxshi nomzodlar tanlab olinadi. Bunda ularning dasturga qiziqishi, ushbu sohadagi tajribasi inobatga olinadi.

4.Dastur natijalari qabul yakunlangandan bir oy oʻtib e-mail orqali xabar beriladi. Saralangan nomzodlarga qatnashish yoki qatnashmaslikni tasdiqlash uchun bir hafta vaqt beriladi.

Eslatma! Vaqtida topshirilmagan va toʻliq toʻldirilmagan arizalar qabul qilinmaydi.

Muhim sanalar:

Amaliyot dasturi 3 oy davom etadi va bu vaqt davomida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • 2024-yil 5-iyundan 5-iyulgacha- Haftada bir martada 2-3 soatlik Online Biosecurity Diplomacy Workshop (seminar) oʻtkaziladi;
  • 2024-yil iyul- umumiy loyiha ustida ishlanadi;
  • 2024-yil avgust- iyul oyidagi loyiha namoyishi boʻlib oʻtadi;
  • 2024-yil iyul/avgust- konvensiyani rivojlantirish masalasida onlayn brifing boʻlib oʻtadi;
  • 2024-yil 19-23-avgust- Jenevada 5 kunlik konvensiyada ishtirok etiladi.

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

BMTning biologik qurol-yaroq konvensiyasi aʼzo davlatlari roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

The Youth for Biosecurity tashabbusi haqida ushbu havola orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin.

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham topish mumkin:

-Instagram;

-Twitter;

-Flickr;

-Vebsahifa;

-You tube.

Shvetsariya
35 yoshgacha bo’lganlar uchun BMT tomonidan Youth for Biosecurity Fellowship dasturi. Shveysariyaga sayohat xarajatlari to’liq qoplanadi!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar