Barcha talabalar va yoshlar yetakchilari uchun AQShning Kaliforniya shtatida o'tkaziladigan xalqaro konferensiya — International Youth Conference 9

Barcha talabalar va yoshlar yetakchilari uchun AQShning Kaliforniya shtatida o'tkaziladigan xalqaro konferensiya — International Youth Conference 9

  • 15/02/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning mashhur Kaliforniya shtatida global muammolarning muqobil yechimiga faol hissa qoʻshishni istaganlar uchun International Youth Conference 9 konferensiyasi taqdim etiladi. Konferensiya mavzusi: Youth Lead the Future (Yoshlar kelajak sari yetaklaydi).

Dastur 2024-yil 30-maydan 2-iyungacha Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahrida gibrid (ham onlayn ham oflayn) koʻrinishda oʻtkaziladi.

Dasturning maqsadlari:

  • Empower Youth (Yoshlarni kuchaytirish): salohiyatni oshirish boʻyicha seminarlar orqali yoshlarni kerakli resurslar va koʻnikmalar bilan taʼminlash ularga global yechimlarga faol hissa qoʻshish imkonini berish;
  • Inclusive Dialogue (Inklyuziv bahs): Eʼtibordan chetda qolgan yoshlarning ishtirokini ragʻbatlantiriladi va turli bahslar orqali fikr almashish imkoniyati berish;
  • Innovative Solutions: (Innovatsion yechimlar): global hamkorlik va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun ilgʻor gʻoyalar va strategiyalarni ishlab chiqishga yordam berish;
  • Global Collaboration (Global hamkorlik): umumiy tamoyillar va maqsadlar sari saʼy-harakatlarni birlashtirish uchun yoshlar, davlat organlari, NNT va xususiy sektorlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish;
  • Strengthening Alliance for the Future (Kelajak uchun ittifoqni mustahkamlash): Birlashgan Millatlar Tashkiloti mexanizmi va tizimiga hissa qoʻshishda global yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun Alliance for the Future (AFF) ittifoqini mustahkamlash.

Konferensiyada quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

  • Global zarbalarga javob berish va osoyishta hamkorlikni rivojlantirish;
  • Inson taraqqiyoti va farovonligi uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish;
  • Taʼlimni oʻzgartirish va inklyuziv, xavfsiz axborot ekotizimlarini targʻib qilish;
  • Xalqaro moliyaviy arxitektura va meʼyorlarni haqida tasavvurlarni qayta shakllantirish;
  • Global qarorlar qabul qilishda yoshlarning samarali ishtirokini mustahkamlash.

Maʼlumot uchun: International Youth Conference 9 (IYC9) konferensiyasi strategik jihatdan 2024-yilgi Summit of the Future 2024 bilan bir qatorda oʻtkazilayotgan boʻlib, butun dunyo boʻylab yoshlar uchun ertangi kun bilan bogʻliq koʻp tomonlama yechimlarni topish va uning targʻibotiga hissa qoʻshish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi. Dastur 2023-yilgi SDG sammitida boshlangan muloqot mavzusini yanada kengaytirib, global muammolarni hal qilish, barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun innovatsiyalar, birdamlik va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Butun dunyo boʻylab yoshlar yetakchilari, faollar, talabalar va yoshlarga yoʻnaltirilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.
  • Nomzodlar global muammolarga yechim topish uchun kuchli xohish koʻrsatishlari kerak;
  • IYC9 konferensiyasidan keyin unga oid biror bir faoliyat yoki loyihani amalga oshirishda faollik koʻrsatishi inobatga olinadi.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Konferensiya gibrid (ham onlayn ham oflayn) koʻrinishda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar xohishiga ko'ra onlayn yoki oflayn shakldan birini tanlab qatnashishi mumkin;
  • Eng kuchli yetakchi, soha mutaxassisi va olimlardan bilim olish imkoniyati;
  • Global muammolarga yechim topish uchun oʻz hissasini qoʻshish.

Eslatma: Oflayn tadbirga boradiganlar viza yoki turarjoy, safar xarajatlari uchun mablag' bilan taʼminlanmaydi.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

AQSh
Barcha talabalar va yoshlar yetakchilari uchun AQShning Kaliforniya shtatida o'tkaziladigan xalqaro konferensiya — International Youth Conference 9

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar