Bitiruvchi bakalavrlar uchun kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan respublika fan olimpiadasi

Bitiruvchi bakalavrlar uchun kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan respublika fan olimpiadasi

  • 01/06/2023 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Oliy taʼlimni rivojlantirish  tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq qilish markazi, Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2023-yilning 10-20-iyun kunlari oraligʻida tashkil etiladi. Bunda tegishli fanlar boʻyicha bakalavriat bosqichida taʼlim olayotgan bitiruvchi talabalar ishtirok etishi mumkin.

Gʻoliblar ikki bosqichda saralab olinadi:

1-bosqich. Nazariy qism — 50 ball.

Nazariy qism olimpiada.edu.uz elektron platformasida test shaklida boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilar testni har bir fan boʻyicha olimpiadani oʻtkazishga masʼul hisoblangan oliy taʼlim muassasasi binosida video kuzatuv kamerasi nazoratida topshiradi. 
Test topshiriqlari soni — 50 ta. Umumiy beriladigan vaqt — 60 daqiqa.
Har bir toʻgʻri javob 1 balldan baholanadi. Ishtirokchilar topshiriqlarni bajarishga berilgan vaqt oraligʻida tegishli fan boʻyicha test savollariga javob beradi. Ishtirokchilarning 1-tur boʻyicha olgan ballari toʻgʻrisidagi maʼlumot test yakunlangandan soʻng, olimpiada.edu.uz elektron platformasiga joylanadi. Ishtirokchilar 1-tur boʻyicha test savollariga 70 foiz toʻgʻri javob bersa  (50 balldan 35 ball toʻplasa) keyingi 2-tur bosqichiga oʻtkaziladi.

2-bosqich. Amaliy qism — 50 ball.

Birinchi turdan oʻtgan ishtirokchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari boʻyicha laboratoriya mashgʻulotlarini, informatika va axborot texnologiyalari boʻyicha amaliy topshiriqlarni bajaradi. Topshiriqni bajarishga 120 daqiqa vaqt beriladi. Amaliy qismida har bir fan boʻyicha 1 ta topshiriq beriladi. Topshiriqlarning toʻgʻri va toʻliq bajarilganligiga qarab 50 ballgacha bilan baholanadi. Olimpiadaning amaliy qismi uchun baholash mezonlari hakamlar hayʼati tomonidan ishlab chiqiladi. Ikkinchi turda berilgan topshiriqni muddatidan oldin toʻgʻri va aniq bajargan ishtirokchilarga ustunlik beriladi.

Olimpiada gʻoliblari 1- va 2-tur davomida toʻplagan baliga qarab aniqlanadi. Har bir fan boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Natijalarni talabaning shaxsiy kabinetidagi olimpiada natijasi boʻlimidan koʻrish mumkin boʻladi.

Olimpiada haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-kurs) talabalari qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar quyidagi fanlar boʻyicha taʼlim olayotgan boʻlishi lozim:
    • Kimyo;
    • Biologiya;
    • Fizika;
    • Informatika va axborot texnologiyalari.

Foydali tomonlari

  • Olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi;
  • Gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega boʻladilar.

Hujjat topshirish

Tizimdan roʻyxatdan oʻtish va ariza topshirish tartibi:

1. Roʻyxatdan oʻtishdan oldin olimpiada Nizomi bilan batafsil tanishib chiqish lozim.
2. Ishtirok etmoqchi boʻlganlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtadilar va shaxsiy maʼlumotlarini kiritadilar.
3. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng ariza qoldiriladi va tanlov boshlanish sanasini kutiladi.

Roʻyxatdan oʻtish tartibi bilan batafsil ushbu video orqali tanishib chiqish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Tez-tez beriladigan savollarga javob bu yerda;
  • Ishonch telefoni: 1006.
Oʻzbekiston
Bitiruvchi bakalavrlar uchun kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan respublika fan olimpiadasi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar