Tavsif
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga tegishli FAO (Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti) ushbu tashkilot aʼzosi hisoblangan davlat fuqarolari uchun 3 oydan 11 oygacha davom etadigan amaliyot dasturini eʼlon qiladi. Dasturda 21-30 yosh oraligʻida boʻlgan, FAO rasmiy tillaridan kamida bittasida erkin suhbatlasha oladigan, bakalavr yoki magistr talabalari qatnashishlari mumkin.
Ishtirokchilar 100dan ortiq davlatdan kelgan turli millat va soha vakillari bilan birga ishlash, oʻz sohalarida tajriba va koʻnikmalarni qoʻlga kiritish, tengdoshlari bilan fikr almashish imkoniga, shuningdek, ular har oy 700 dollar miqdorda stipendiya olish imkoniga ega boʻlishadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.