Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp

Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp

  • 25/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Turkiya Davlat
  • 19.08.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan 25 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

The ICYF International Media Training Camp for Journalism for Juniors trening dasturi Islom Hamkorligi Yoshlar Forumi (ICYF) tomonidan tashkil etilmoqda. Ushbu trening dasturining maqsadi jurnalistikaning axloqiy qadriyatlari va asosiy tamoyillarini yoshlarga oʻrgatishdir. 

Shuningdek, mazkur dastur orqali quyidagi maqsadlar ham koʻzlangan:

  • Global va ijtimoiy muammolarga sezgir, jamiyat va insoniyat rivojiga oʻz hissasini qoʻshishga qodir yoshlarni kamol toptirishni qoʻllab-quvvatlash, yetakchilik fazilatlariga ega yoshlarni mustahkamlash;
  • Yosh jurnalistlarga raqamli media ishonchliligini tushunish va baholash imkoniyatini berish;
  • Ishtirokchilar oʻrtasida ommaviy axborot vositalari haqidagi shaxsiy tajribalari va asosiy ommaviy axborot vositalarining notoʻgʻriligi baʼzan jamoalar uchun qanday muammolarni keltirib chiqarishi haqida maʼlumotlar ulashish;
  • Turli jamiyatlarda yoshlar ommaviy axborot vositalarining ishtirokini ragʻbatlantirish;
  •  Ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarning meros, til, madaniyat va oʻzlikni anglash bilan bogʻliq qarashlarini mustahkamlash;
  • Yoshlarning media sohasiga qiziqishini oshirish, ularning kasbga oid savollariga javob berish, jurnalistika va ommaviy axborot vositalarida kasb egallashlarini ragʻbatlantirish.

Trening dasturi 18 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlarga qaratilgan boʻlib, mobil jurnalistika, hikoya qilish va jurnalistika asoslari boʻyicha yangi koʻnikmalarni oʻrganish imkonini beradi. 

Dastur quyidagi sanalarda Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadi:

  • Erkak ishtirokchilar uchun: 16-21 sentyabr;
  • Ayol ishtirokchilar uchun: 23-28 sentyabr.

Dastur tili — ingliz tili.  Mazkur dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2024-yil, 11-avgust.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin. 

Maqbullik shartlari

  • Mazkur dastur qatnashchilari 18-25 yosh oraligʻida boʻlish kerak;
  • Dasturda Islom Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) aʼzo 56 davlatdan boʻlgan Istanbul shahrida istiqomat qiluvchi musulmon yoshlar, IHTga aʼzo davlatlarning musulmon yoshlari va IHTga aʼzo boʻlmagan davlatlarning ozchilik musulmonlari ishtirok etishi mumkin. Oʻzbekiston fuqarolari qatnasha oladi!
  • Ingliz tilini bilish kerak. Til bilish sertifikati talab qilinmaydi;
  • Dastur ishtirokchisi ommaviy axborot vositalari bilan bogʻliq muammolar va mavzularni oʻrganishga qiziqishi lozim;
  • Nomzod avval media bilan bogʻliq loyihalarda ishtirok etgan boʻlishi yoki qiziqish bildirgan boʻlishi kerak;
  • Butun oʻquv dasturida qatnashishga tayyor va masʼuliyatli boʻlish kerak.

Muvofiqlik talablari (Eligibility requirements) haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Ushbu dasturda qatnashish bepul; 
  • Dastur ishtirokchilarining turarjoy, oziq-ovqat va mahalliy shahar sayohati bilan bogʻliq xarajatlari qoplanadi;
  • Mahalliy transport (aeroport/avtovokzaldan oromgoh hududi va oromgoh hududidan aeroport/avtovokzalgacha) xarajatlari toʻlab beriladi;
  • Turkiyada yashovchi qatnashchilarning ichki transport xarajatlari uchun 3,500₺ (turk lirasi) ajratilishi mumkin. 
  • Toʻliq ishtirok etgan ishtirokchilar ICYF va TRT — J4J tomonidan berilgan nufuzli sertifikatga ega boʻladilar. Sertifikat xalqaro eʼtirofga ega boʻlib, dastur ishtirokchilarining professional profiliga sezilarli qiymat qoʻshadi.

Eslatma: xalqaro safar xarajatlarini qatnashchilarning o’zi qoplashi lozim.  ICYF ishtirokchilarning xalqaro aviachiptalarini 150 AQSh dollarigacha qoplashi mumkin. 

Dasturning foydali jihatlari haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Hujjat topshirish

  • Mazkur dasturda qatnashish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtib, ochilgan sahifada ariza shaklini toʻldirish kerak;
  • Ariza shaklida ism-familiya, yashash manzil, fuqarolik kabi shaxsiy maʼlumotlarni toʻldirish lozim;
  • Shuningdek, ishtirokchidan media yoki jurnalistikadagi oldingi tajribasini tavsiflab berishi soʻraladi. (maksimal 250 soʻz);
  • “Yoshlar uchun jurnalistika boʻyicha ICYF xalqaro media oʻquv lageriga hujjat topshirishingizga nima turtki boʻldi?” degan savolga maksimal 250 soʻz bilan javob berish kerak. Ushbu treningda qatnashish ishtirokchining media sohasidagi shaxsiy va professional maqsadlariga qanday mos kelishini tushuntirib berishi kerak.
  • Dastur davomida erishish koʻzda tutilgan maxsus koʻnikmalar yoki bilimlarni tasvirlab berish lozim. (maksimal 250 soʻz).

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Ushbu trening-dastur 16-21 sentyabrda erkaklar, 23-28 sentyabrda esa ayollar uchun oʻtkaziladi.
  • Trening-dastur haqida qoʻshimcha savol va takliflarni youthcamps@icyforum.org elektron pochtasiga yuborish mumkin.
  • Saralash natijalari 2024-yil 23-avgustda eʼlon qilinadi. Faqat gʻolib deb topilganlargina email orqali xabardor qilinadi. 
Turkiya
Jurnalistika va mediaga qiziquvchi yoshlar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh — ICYF International Media Training Camp

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar