Umumiy maʻlumotlar
Shanxay Hamkorligi Tashkilotidan maktab oʻquvchilari uchun 2 haftalik Yosh tadqiqotchilar oromgohi — SCO Young Scientists Camp 2026 taqdim etiladi.
Dastur Qirgʻiziston Respublikasi Taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda va 100 nafar ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Bu intensiv tadqiqot dasturi boʻlib, quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi:
- Biomedicine;
- Environmental Chemistry;
- Renewable Energy;
- Aquatic Robotics;
- Astro-Data Science.
Dasturning saralash bosqichlari:
- Milliy saralash. Har bir mamlakat barcha hududlardagi oʻquvchilar uchun ochiq tanlov oʻtkazadi.
- Nomzodlar tavsiya qilish va insho. Mamlakatlar saralanganlar roʻyxatini shakllantiradi. Tashkiliy qoʻmita 200-300 ta soʻzdan iborat shaxsiy insho asosida yakuniy tanlovni amalga oshiradi.
- Yakuniy tasdiqlash. Har bir mamlakatdan 10 nafar finalchi 2026-yil may oyining oxirigacha tasdiqlanadi va viza hamda safar tayyorgarliklarini boshlaydi.
Dastur 2026-yil 5-iyuldan 20-iyulgacha Prezident maktabi “Akylman”da, Cholpon-Ata shahrida joylashgan goʻzal Issiqkoʻl boʻyida oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun: Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SCO) — bu hukumatlararo tashkilot boʻlib, uning hozirgi aʼzo davlatlari Belarus, Xitoy, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston hisoblanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- 16-19 yosh oraligʻidagi maktab oʻquvchilari (oʻrta maktabda oʻqiyotganlar yoki shu yili bitirganlar) qatnashishi mumkin;
- Nomzod Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo 10 ta davlatdan birining fuqarosi boʻlishi kerak;
- Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
- Yaxshi ishlaydigan shaxsiy noutbuk olib kelish zarur;
- Tanlangan yoʻnalishning ichki talablariga ham mos kelish talab qilinadi.
Foydali tomonlari
- Dasturda bepul qatnashish mumkin;
- Turar joy, ovqatlanish, kerakli materiallar, madaniy dastur va mahalliy transport xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi;
- Xalqaro aviachipta, viza toʻlovlari va sayohat sugʻurtasi yuboruvchi mamlakat tomonidan moliyalashtiriladi;
- 20 nafar professor va mentor tomonidan darslar oʻtiladi;
- Dasturda qatnashganlik toʻgʻrisida sertifikat beriladi.
Hujjat topshirish
Dasturga qiziqqanlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:
- Oʻquv natijalari koʻrsatilgan akademik traskriptlar. Hujjatlar ingliz, rus yoki qirgʻiz tillarida boʻlishi mumkin. Ular maktab tomonidan muhrlangan va imzolangan boʻlishi shart;
- Yutuqlar va mukofotlar (ixtiyoriy) hamda faoliyatlar (kamida bittasi majburiy). Har biri uchun maksimal 3 tadan kiritish mumkin. Har birida vaziyat, nomzodning roli va natijasi tushuntiriladi (100 ta soʻzgacha);
- Ingliz tilida 2 ta insho (har biri 200-300 ta soʻz):
- “Nima uchun siz ushbu dasturda ishtirok etmoqchisiz?”;
- “Soʻnggi ikki yil ichida duch kelgan bir qiyinchilikni va uni qanday yengganingizni tasvirlab bering”.
- 60 soniyalik video (ingliz tilida). Quyidagi savolga javob beriladi: “Agar sizda cheksiz resurslar va toʻliq erkinlik boʻlsa, qaysi ilmiy loyiha, kashfiyot yoki ixtiro ustida ishlagan boʻlardingiz va nima uchun?”.
Muhim: Insho yozishda ChatGPT kabi sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish qatʼiyan man etiladi va ulardan foydalanish diskvalifikatsiyaga olib keladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 22-iyul 2026-yil;
- Email: info@researchcamp.org;
- Instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali ham qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin.