PhD va magistratura talabalari uchun Tayvanda siyosiy partiyalar va demokratiya boʻyicha IV Osiyo yozgi maktabi

PhD va magistratura talabalari uchun Tayvanda siyosiy partiyalar va demokratiya boʻyicha IV Osiyo yozgi maktabi

  • 15/01/2024 Qabul boshlanishi
  • Qisman Moliyalash turi
  • Tayvan Davlat
  • 26/02/2024 03:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Tayvanning Milliy Chengchi universiteti siyosiy partiyalar, saylovlar, vakillik demokratiyasi va ularga aloqador sohalardagi PhD/Magistratura tadqiqotchilari, amaliyotchilar va fuqarolik jamiyati yetakchilari uchun IV Osiyo yozgi maktabini taqdim etadi. Grant 16 ta iqtidorli nomzodga berilishi koʻzda tutilgan.

Dasturning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Siyosiy partiyalar, partiyaviy tizimlar, saylovlar va demokratiyani oʻrganishda kengroq tahliliy istiqbollar boʻyicha koʻrsatmalar berish va muhokama qilish;
  • Yosh olimlar va amaliyotchilar uchun oʻzlarining ilmiy loyihalarini va sub-sohani rivojlantirishni tanqidiy muhokama qilishlari uchun koʻp millatli forumni ishlab chiqish;
  • PhD/Magistratura tadqiqotchilariga soha haqida tushuncha va fikrlarni shakllantirish, oʻlchash, tahlil va nazariya sohasidagi innovatsiyalarga hissa qoʻshadigan dissertatsiya loyihalarini ishlab chiqishda yordam berish;
  • PhD/Magistratura tadqiqotchilarini xalqaro akademik nashriyot talablari va mezonlari boʻyicha tayyorlash, ularni ilmiy jurnallarga oʻz ishlarini taqdim etishlarini ragʻbatlantirish;
  • Amaliyotchilarga partiya siyosati va demokratiyani rivojlantirish boʻyicha asosiy ilmiy xulosalarni tushunishga yordam berish;
  • “Vakillik faoliyatini yangilash boʻyicha global kun tartibi”da (Global Agenda for the Renewal of Representation) taqdim etilgan siyosiy partiyalar rivojlanishi va demokratiyani ilgari surish boʻyicha eng soʻnggi ishlanmalar va muammolarga asoslanish;
  • Partiyalar, partiyaviy tizimlar, saylovlar va demokratiya sohasida xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirish va PhD/Magistratura tadqiqotchilari va amaliyotchilarini bunday hamkorlikda ishtirok etishga undash.

Yozgi maktab 2024-yil 20-maydan 26-maygacha davom etadi. Darslar Osiyo, Yevropa, Amerika universitetlari hamda xalqaro tashkilotlarning partiyalar va demokratiya sohasidagi 21 nafar yetakchi olimlari va amaliyotchilari tomonidan oʻtiladi. Maktab sohadagi yetakchi olimlar va amaliyotchilar tomonidan oʻtkaziladigan maʼruza, seminar va davra suhbatlarining intensiv dasturidan hamda loyihalarni chuqur muhokama qiladigan taqdimotlardan iborat (maksimal 35 soat).

Maʼlumot uchun: Milliy Chengchi universiteti Tayvanning eng yaxshi universitetlarining top 15 taligiga kiradi va eng goʻzal shaharlardan biri boʻlmish Taypey shahrida joylashgan. Ushbu taʼlim dargohi 1927-yilda tashkil etilgan boʻlib, unda 1400 dan ortiq professor-oʻqituvchilar dars beradi hamda taxminan 16 000 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda siyosiy partiyalar, saylovlar, vakillik demokratiyasi va ularga aloqador sohalardagi PhD/Magistratura tadqiqotchilari, amaliyotchilar va fuqarolik jamiyati yetakchilari qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Nomzodlar siyosiy partiyalar va demokratiya mavzusiga qiziqishi va shu sohada faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak;
  • Osiyoga aʼzo davlatlar va boshqa hududlardan kelgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Darslarda toʻliq qatnashganlarga sertifikat beriladi;
  • Turarjoy, oʻqish, tushlik va bitta ziyofat-kechki ovqat tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi;
  • Eng yaxshi deb topilgan ish homiylar tomonidan mukofotlanadi;
  • Eng yaxshi maqolalar Tayvan Demokratiya jurnalida (Taiwan Journal of Democracy) chop etish uchun tavsiya etiladi;
  • Sohaning yetakchi olimlari va amaliyotchilaridan bilim olish mumkin;
  • Oʻz tadqiqot ishini mutaxassislardan iborat xalqaro auditoriyaga namoyish qilish imkoniyati beriladi.

Eslatma: Maxsus soʻrov boʻyicha, PhD/magistratura tadqiqotchilarining ishlari maktab xodimlari tomonidan baholanishi mumkin. Ishtirokchilarning aksariyati tashkilotchining ixtiyoriga koʻra bir kishilik xonalarga joylashtiriladi. Baʼzi nomzodlarning sayohat xarajatlari qoplanishi mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istagan nomzodlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Muhim: Ushbu bosqichda faqat shaxsiy maʼlumotlar, nomzod olgan taʼlim darajasi haqida kerakli maʼlumotlar va maksimal 500 ta soʻz (va 5 ta kalit soʻzdan) iborat tadqiqot taklifi soʻraladi. Boshqa hujjatlar, masalan, CV yoki pasport soʻralmaydi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur uchun saralash quyidagi bosqichdan iborat:

  • 1-bosqich — ariza topshirish: barcha nomzodlar 2024-yil 26-fevral soat 03:59 gacha hujjat topshiradi;
  • 2-bosqich — saralash: bu bosqichga oʻtganlar olib borayotgan tadqiqotining qoralama shaklini joʻnatadilar;
  • 3-bosqich — final: bu bosqichda umumiy natijalar asosida grant gʻoliblari aniqlanadi. Yakuniy natijaga kelishdan oldin saralanganlar bilan Skype orqali suhbat uchun bogʻlanishlari mumkin.

Dastur haqida qoʻshimcha quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishib chiqish mumkin:

Tayvan
PhD va magistratura talabalari uchun Tayvanda siyosiy partiyalar va demokratiya boʻyicha IV Osiyo yozgi maktabi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar