Tavsif
Latviya hukumati yozgi maktab dasturlarida qatnashish uchun Latvian State Scholarship (Latviya davlat stipendiyalari) dasturini eʼlon qiladi. Dastur doirasida Latviyaning turli hududlarida bir nechta yozgi maktablar eʼlon qilingan.
Ishtirokchilar oʻzlari xohlagan maktabni tanlab unga ariza topshirish va grant orqali yoki oʻz hisoblaridan qatnashish imkoniga ega boʻladilar. Yozgi maktablar turli yoʻnalish, fan va mavzuga moʻljallangan boʻlib, turli soha vakillari qatnashish imkoniga ega boʻlishadi. Bu yilgi ajratilgan jami 6 yozgi maktabning ayrimlari universitet talabalari, ayrimlari esa oliy taʼlim muassasasi xodimlari uchun moʻljallangan. Dastur ingliz tilida oʻtkaziladi, shuning uchun ishtirokchilardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.
Dastur ishtirokchilarning har biriga 1,000 yevrodan ajratiladi va ushbu mablagʻ yozgi maktabdan qatnashish xarajatlari uchun ishlatiladi.
Arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 1-aprelgacha davom etadi.