Xitoyda bakalavr va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur — FuSEP Summer Research Program
Xitoy Xitoy
21 Mar, 2026 · Muddat tugagan

Xitoyda bakalavr va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur — FuSEP Summer Research Program

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Xitoyning Ilm-fan va texnologiya universiteti (University of Science and Technology) tomonidan tashkillashtirilgan Future Scientist Exchange Program (FuSEP) dasturi magistratura va bakalavr bosqichida fizika, kimyo, materialshunoslik, tibbiyot va sogʻliqni saqlash, geologik va astronomik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari yoki shu kabi yoʻnalishda tahsil olayotgan nomzodlar uchun moʻljallangan. Dasturni tashkillashtirishdan asosiy maqsad ilm-fan va texnologiya orqali global muammolarni hal qilish uchun butun dunyodan yosh olimlarni bir joyga jamlashdir. 4-8 hafta davom etadigan dasturda talabalar bilim va tajribalarini oʻzaro almashish, xalqaro muhitda kuchli mutaxassislar bilan birga ishlash va aloqa oʻrnatish imkoniga ega boʻlishadi, shuningdek, dastur xarajatlari toʻliq qoplanadi. Dastur 2026-yil 22-iyundan 30-iyulga qadar Xitoyning Xefey shahrida joylashgan USTC universitetida olib boriladi va bu davrda talabalar USTC professorlari rahbarligidagi eksperimental guruhlarda ilmiy tadqiqot loyihalari ustida faoliyat yuritadilar.

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 22-martga qadar davom etadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Nomzodlar bakalavr bosqichining kamida ikki yillik kunduzgi taʼlimini tamomlagan yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan boʻlishlari lozim;
  • Dasturga fizika, kimyo, materialshunoslik, tibbiyot va sogʻliqni saqlash, geologik va astronomik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari yoki shu kabi yoʻnalishda tahsil olayotgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishlari kerak. Dastur uchun kamida GPA “B” (83-86%) koʻrsatkich soʻraladi;
  • Dastur ingliz tilida olib borilganligi sababli ingliz tilini shunga yetarli darajada bilish talab qilinadi.

Dastur talablari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur gʻoliblariga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Yoʻl xarajatlari toʻlanadi;
  • Sugʻurta qilinadi;
  • Turar-joy xarajatlari qoplanadi;
  • Maxsus sertifikat taqdim etiladi;
  • Dasturda qatnashish va roʻyxatdan oʻtish toʻlovidan ozod qilinadi;
  • Kelajakda amaliyot dasturini tashkillashtirayotgan universitetda toʻliq oʻqish uchun ariza topshirilsa, grantni qoʻlga kiritishda ustunlik beriladi;
  • Ishtirokchilar bilim va tajribalarini oʻzaro almashish, xalqaro muhitda kuchli mutaxassislar bilan birga ishlash va aloqa oʻrnatish imkoniga ega boʻlishadi.

Dastur foydali jihatlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2026-yil 22-martga qadar davom etib, nomzodlardan quyidagi hujjatlarni yuklash soʻraladi:

  • CV;
  • Akademik transkript;
  • Tavsiyanoma (1 ta);
  • Viza uchun pasport shaxsiy maʼlumotlari sahifasi.

Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur boʻyicha eng koʻp soʻralgan savollarga javoblarni ushbu havola orqali topish mumkin.

Bakalavr bosqichi talabalari qoʻshimcha savollar tugʻilgan taqdirda ushbu havola orqali soʻrashlari mumkin.

Magistratura bosqichi talabalari qoʻshimcha savollar tugʻilgan taqdirda ushbu havola orqali soʻrashlari mumkin.

Xitoyning Ilm-fan va texnologiya universiteti (University of Science and Technology) haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Amaliy fanlar va kasblar, Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Tabiiy fanlar va matematika, Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Xitoy Xitoyda bakalavr va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur — FuSEP Summer Research Program
21 Mar, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.