Tavsif
Yaponiya yozgi madaniyati oromgohi AYFN akademiyasi tomonidan asos solingan dastur boʻlib, dunyo boʻylab 17-40 yoshdagilar uchun yapon madaniyati bilan yaqindan tanishish hamda xalqaro doʻstlar orttirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur 2015-yildan beri oʻtkaziladi.
Dastur davomida ishtirokchilar 6 kun davomida Yaponiyaning Osaka shahrida istiqomat qilish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Oromgoh Yaponiyaning madaniyati boʻyicha mashhur shaharlaridan boʻlgan Osaka, Kioto va Nara shaharlarida oʻtkaziladi.
Dastur davomida qatnashchilar Osaka shahridagi 3 yulduzli mehmonxonalarda istiqomat qilib, 6 kun davomida yuqoridagi shaharlar boʻylab sayohat qilishadi. Nomzodlar sushi, ramen, udon kabi mashhur Yaponiya taomlari bilan mehmon qilinadi.
Dastur 2026-yil yozida boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.