Umumiy maʻlumotlar
Hong Kong universiteti (HKU) 10-haftalik Summer Research Programme tadqiqot dasturini e’lon qiladi. Dasturda bakalavr bosqichining 3-4-kursi yoki magistratura bosqichining birinchi kursida tahsil olayotgan yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Dastur doirasida turli ma’ruzalar, seminarlar va tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Mentor boshchiligida individual tadqiqot olib borish imkoniyati yaratiladi.
Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 3-fevral O‘zbekiston vaqti bilan soat 02:00 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Dastur bakalavr bosqichining 3-4-kursi yoki magistratura bosqichining birinchi kursida tahsil olayotgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan;
- Nomzodlar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari lozim;
- Kelajakda o‘qishni doktorantura bosqichida davom ettirish niyati bo‘lishi kerak;
- Tadqiqot bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish lozim;
- Ingliz tilini yaxshi darajada bilish kerak (til bilish sertifikati majburiy emas);
- Nomzodlar mustaqil va yetuk shaxs sifatida shakllangan bo‘lishlari zarur.
Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:
- Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlarga 10,000 Gong Kong dollari ($1283) miqdorida stipendiya taqdim etiladi;
- Yo‘l xarajatlari uchun 5,000 Gong Kong dollari ($641) va universitet turar-joyi uchun ham 5,000 Gong Kong dollari ($641) miqdorida mablag‘ ajratiladi;
- Eng faol ishtirokchilar yutuq va mukofotlar bilan taqdirlanadi;
- Eng yaxshi natija ko‘rsatgan kam sonli ishtirokchilarga HKU Presidential PhD Scholarship taqdim etiladi;
- Mentor boshchiligida individual tadqiqot olib borish imkoniyati yaratiladi;
- Tadqiqot bo‘yicha ma’ruzalar va seminarlar bo‘lib o‘tadi;
- Dastur ochilishi va yakunlanishida tadbirlar uyushtiriladi.
Hujjat topshirish
Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 2-yanvardan 2025-yil 3-fevral O‘zbekiston vaqti bilan soat 02:00 gacha davom etadi. Ariza topshirish uchun 300 Gong Kong dollari ($38) miqdorida badal puli mavjud. Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Shaxsiy hamda akademik ma’lumot;
- Tanlangan fakultet, bo‘lim, yo‘nalish va mentorlar;
- Ariza topshirish sabablari, dasturdan maqsad, natijalar, karyera bilan bog‘liq uzoq va yaqin kelajakdagi rejalar va dasturda qatnashishdan maqsad yoritilgan 300-500 so‘zdan iborat insho;
- Pasport hajmidagi rasm;
- Akademik yutuqlar, tadqiqot tajribasi va professional tajribalar yoritilgan CV;
- Bakalavr diplomi va transkripsiyasi;
- Magistratura diplomi va transkripsiyasi (mavjud bo‘lsa);
- Ingliz tilini bilish darajasi natijalari (Gong Kongdan bo‘lmagan, imtihonlari hamda dasturi to‘liq ingliz tilida bo‘lmaganlar uchun).
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Muhim sanalar:
- 2025-yil 2-yanvar-3-fevral-Ariza topshirish jarayoni;
- 2025-yil fevral-mart o‘rtalari- Saralash jarayoni;
- 2025-yil mart o‘rtasi- Natijalar e’lon qilinadi;
- 2025-yil mart o‘rtasi-aprel o‘rtasi- Viza olish jarayoni (8-10 hafta);
- 2025-yil 2-iyun-8-avgust- Dastur bo‘lib o‘tadi.