Yozuvchilikka qiziqadigan barcha uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenford universitetidan Wallace Stegner grant dasturi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
31 Okt, 2024 · Muddat tugagan

Yozuvchilikka qiziqadigan barcha uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenford universitetidan Wallace Stegner grant dasturi

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Yozuvchilar uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenford universiteti Wallace Stegner stipendiya dasturini taklif qiladi. 2 yil davom etadigan ushbu dasturga har yili 10 ta ishtirokchi: 5 ta badiiy va 5 ta sheʼriyat yoʻnalishiga qabul qilinadi.

Ishtirokchilar millati, davlati va yoshidan qatʼi nazar ariza topshirishlari mumkin, shuningdek ulardan hech qanday xalqaro sertifikatlar: GRE, IELTS yoki tavsiyanomalar talab qilinmaydi.

Ishtirokchilarni saralashda eng koʻp eʼtibor beriladigan jihatlardan biri ularning qay darajada ijodkorlik bilan yoza olishlari hisoblanadi.

Dasturda ishtirokchilarning oʻqish, yashash, sugʻurta xarajatlari Creative Writing dasturi tomonidan toʻliq qoplab beriladi. Dastur toʻliq akademik jadvalga asoslangan holda olib borilishi sababli, ishtirokchilar bor eʼtiborlarini shunga qaratishlari kerak, yaʼni bu dastur bilan birgalikda boshqa dasturlarda ham oʻqishlari tavsiya etilmaydi. Har kungi trening, oʻqish va tadbirlarda qatnashish uchun nomzodlar Stenford universitetiga yaqin joyda yashashlari kerak boʻladi.

Dastur haqida bu yerda batafsil oʻqish mumkin.

2025-2027-yilga moʻljallangan ushbu dasturga ariza topshirishning oxirgi kuni 2024-yil 1-nоyabr.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Millati va davlatidan qatʼi nazar, 18 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan yozuvchi va shoirlar qatnashishlari mumkin;
  • Oldindan kitob nashr qilgan boʻlish shart emas;
  • Nomzodlardan GRE, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar yoki tavsiyanomalar talab qilinmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur treninglarda bepul qatnashish imkoniyatini beradi;
  • Shuningdek, yashash uchun $50,000 yillik stipendiya beriladi; oʻqish puli va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplanadi.

Topshirish jarayoni

Ariza topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Nomzodning ushbu dasturga loyiqligini tasdiqlovchi 2 ta shaxsning kontakt maʼlumotlari (bu yerda tavsiyanoma nazarda tutilmagan);
  • Badiiy adabiyot yoʻnalishi uchun 9000 ta soʻzdan oshmagan ijod namunasi;
  • Sheʼriyat yoʻnalishi uchun 15 bet yoki 1000 ta soʻzdan oshmagan ijod namunasi;
  • Dasturga onlayn ariza topshiriladi va ariza topshirish uchun kredit karta orqali $55 toʻlov qilinishi kerak (fee waiverga, yaʼni ariza badalini toʻlamaslikka ariza berish ham mumkin).
  • Arizalarni havola orqali onlayn yuborish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 75

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Yozuvchilikka qiziqadigan barcha uchun dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stenford universitetidan Wallace Stegner grant dasturi
31 Okt, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.