"Sevimlilar" va ularning oxirgi muddatlari haqidagi shaxsiy xabarnoma funksiyasi ishlatishdan oldin nimalar qilish kerak bo'ladi?

  1. "Tanlangan imkoniyatlar" oxirgi muddatlari haqida Telegram va Email shaxsiy xabarnoma olish saytimizning ajoyib o'ziga xos xususiyatlaridan biri bo'lib undan foydalanish uchun saytimizdan ro'yxatdan o'tishingiz hamda tizimga kirishingiz (login) kerak bo'ladi.
  2. Shundan keyin Profil bo'limidagi asosiy menyudan “Sozlamalar” bo'limiga kiriladi:

 

2. Bu yerda esa quyidagi sahifani korishingiz mumkin bo'ladi. Bu yerdan siz “Tanlangan imkoniyatlar” oxirgi muddatlarini undan qancha muddat oldin olishingizni belgilashingiz hamda Telegram yoki Email orqali xabarnoma olish variantidan bittasini tanlashingiz va saqlash tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi:

 

3. Yuqorida ko'rsatilganidek, "Tanlangan imkoniyatlar" haqidagi eslatmalarni Telegram bot orqali olishingiz mumkin.

Buning uchun yuqoridagidek Telegram bot varianti tanlanadi va siz quyidagi oynani ko'rishingiz mumkin bo'ladi:

 

4. Demak, birinchi navbatda ushbu havola orqali botga o'tib, u yerdagi "START" tugmachasini bosish orqali bot sizga Telegram kanalimizga obuna bo'lishingiz uchun havola jo'natadi:

 

5. "Kanalga qo'shilish" tugmachasini bosish orqali esa Telegram kanalimizga a'zo bo'lishingiz mumkin:

 

6. Barcha shartlar bajarildi. Ana endi "Log in with Telegram" (Telegram orqali kirish) tugmasini bosib, avtorizatsiyadan o'tishingiz kerak bo'ladi:

 

7. Avtorizatsiya jarayonida avvalo,Telegram messenjerida ro'yxatdan o'tgan telefon raqamini kiritishingiz so'raladi. Raqam kiritilgach, "Next" (Keyingi) tugmachasi bosiladi:

 

8. Keyin esa ushbu oynani ko'rishingiz mumkin. Bu yerdan, "Accept" (Tasdiqlash) tugmasi bosiladi:

 

9. Keyin, sizning Telegram manzilingizga tasdiqlovchi xabar kelganligi haqidagi quyidagi xabarni o'qishingiz mumkin. Tasdiqlash uchun Telegram profilingizga kirishingiz so'raladi:

 

10. Bu yerda sizga tasdiqlovchi xabar kelganini ko'rishingiz mumkin. "Tasdiqlash" tugmasini bosish orqali siz o'z profilingizni tasdiqlaysiz:

 

11. Endi saytga qaytib, "Sozlamalar"ga kirib, Telegram botni tanlab "Saqlash" tugmasini bosish kifoya:

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar