Germaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri University of Manheimda bakalavr va magistratura bosqichida o’qish uchun oyiga 300 yevrolik Deutschlandstipendium stipendiyasi

Germaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri University of Manheimda bakalavr va magistratura bosqichida o’qish uchun oyiga 300 yevrolik Deutschlandstipendium stipendiyasi

  • 10/03/2023 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • Germaniya Davlat
  • 31.05.2023 Oxirgi muddat

Umumiy maʻlumotlar

Germaniyaning Mannheim universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan Deutschland Stipendiyasi grant dasturi bakalavriat va magistratura bosqichlarida o’qish uchun mo’ljallangan. 

Dastur maqsadi - iqtidorli talabalarni kashf qilish va ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 2023-yilda 130 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. 

Talabalarning yillik kontrakt to’lovi 1500 yevroni tashkil etadi.

Eslatma! Ushbu grant dasturi kontrakt miqdorini qoplamaydi, ammo oyiga 300 yevrolik stipendiya bilan ta’minlaydi. 

Maqbullik shartlari

  • Nomzodlar grant dasturiga ariza topshirishlaridan oldin Mannheim Universitetining bakalavr yoki magistratura yo’nalishlaridan biriga hujjat topshirib qabul qilinishlari kerak;
  • Nemis yoki ingliz tilini bilish darjasini ko’rsatuvchi sertifikatga ega bo’lish;
  • Bakalavr bosqichi uchun o’rta maxsus ta’lim bosqichini hamda bakalavrning 1-kursini tamomlagan bo’lish;
  • Magistratura bosqichi uchun bakalavrni tamomlagan bo’lish;
  • O’zlashtirish ko’rsatkichlarining yaxshi bo’lishi (sababi grant nomzodning o’zlashtirish ko’rsatkichlari va erishgan yutuqlariga qarab belgilanadi);
  • Stipendiyani har oy olish uchun yil davomida o’zlashtirish ko’rsatkichlarini talab darajasida saqlab tura olish.

Foydali tomonlari

  • Yil davomida oyiga 300 yevrolik stipendiya bilan ta’minlanadilar;
  • Dastur homiylari va talabalar o’rtasida a’loqa o’rnatiladi, bu esa stajirovka o’tash, ko’plab foydali tadbirlarga qatnashish, malaka oshirish bo’yicha turli dasturlarga qatnashish imkoniyatini beradi.

Hujjat topshirish

  1. Motivatsion xat.
  2. CV.
  3. O’tilgan fanlar ro’yxati va o’zlashtirish ko’rsatkichlari (baholar ro’yxati).
  4. Bakalavr bosqichiga ro’yxatdan o’tish uchun kollej/litseyni bitirganligini tasdiqlovchi diplom.
  5. Magistratura bosqichiga ro’yxatdan o’tish uchun bakalavr diplomi.
  6. Agarda mavjud bo’lsa, ushbu sertifikat yoki diplomlar ham taqdim etilishi lozim:
    1. Turli amaliyot dasturlari, ijtimoiy dasturlar, hamda kurslarda o’qiganligi haqidagi sertifikat yoki diplomlar (olinganiga 2 yildan oshmagan bo’lishi lozim);
    2. Milliy yoki xalqaro darajadagi tanlovlarda taqdirlanganligi haqidagi sertifikat yoki boshqa hujjatlar (olinganiga 2 yildan oshmagan bo’lishi lozim);
    3. Volontyorlik ishlarida ishtirok etganligi to’g’risidagi hujjatlar (olinganiga 2 yildan oshmagan bo’lishi lozim);
    4. Maxsus holatlarni ko’rsatuvchi hujjatlar;

Eslatmalar! 

  • Grant dasturiga hujjat topshirishdan oldin Mannheim Universitetining bakalavr yoki magistratura bosqichi yo’nalishlaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Hujjat topshirish uchun havola bu yerda
  • Topshirilgan yo’nalishga qabul qilingandan keyingina grant dasturi uchun ariza topshirish mumkin. Ariza topshirish havolasi bu yerda.
  • Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tilida bo’lishi lozim. Hujjatlar va ularga qo’yilgan talabalar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
  • Grantga hujjat topshirish nomzodning tanlagan o'quv dasturiga qarab faqr qiladi (15-31-may oxirgi muddat)

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Mannheim Universitetining bakalavr yoki magistartura yo’nalishlaridan biriga topshirilgan arizalar javobi sentabr oyida e-mail orqali yuboriladi;
  • Oktabr oyida kontrakt to’lovi o’tkazilishi boshlanadi;
  • Hakamlar hay’ati nomzodlarni o’zlashtirish darajasi hamda ijtimoiy faolligi, erishgan yutuqlariga qarab saralab oladi;
  • Qo’chimcha savollar yuzasidan murojaat uchun havola.
Germaniya
Germaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri University of Manheimda bakalavr va magistratura bosqichida o’qish uchun oyiga 300 yevrolik Deutschlandstipendium stipendiyasi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar