Umumiy maʻlumotlar
Janubiy Koreya hukumati xalqaro talabalar uchun ilm fan va muhandislik sohalar boʻyicha magistratura va doktorantura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Global Korea Scholarship dasturini e'lon qiladi.
Nomzodlar bunda Janubiy Koreya universitetlariga to'g'ridan to'g'ri ariza topshirishlari lozim. Universitetlar bilan bu yerda tanishish mumkin. Dasturga qabul qilingan talabalar Koreyadagi eng nufuzli oliygohlarda hech qanday toʻlovlarsiz eng soʻnggi taʼlim berish usullari orqali oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Dasturga topshirayotganlar koreys tilini bilishmasa, 1 yillik til kursida o‘qib TOPIC 5 olishlari so‘raladi. Til kursi to‘lovlari ham GKS tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.
Dastur va uning toʻliq imkoniyatlari haqida bu yerda batafsil bilib olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Nomzodlar va ularning ota-onasi Koreya fuqarosi boʻlmasligi kerak;
- Magistratura uchun nomzodning yoshi 40 yoshdan kichik boʻlishi soʻraladi;
- Bakalavrni tamomlagan yоki 2024-yil 31-iyulgacha bitirishi kutilayotgan оxirgi bоsqich talabalari ham kutilayotgan bitiruv sertifikati bilan dasturga ariza topshirishlari mumkin. Bunday talabalar 2024-yil 31-iyulgacha o‘zlarining rasmiy bitiruv guvohnomasini (yoki diplomini) va yakuniy akademik transkriptini GKS markaziga, NIIEDga topshirishlari kerak. Aks holda, qabul bekor qilinadi.
- Оʻqigan taʼlim muassasasida olgan baholar koʻrsatkichi 80% dan yuqori boʻlishi (yoki nozmod top 20% talabalar qatorida bo'lishi) kerak;
- Ingliz yоki kоreys tilini bilish kerak;
- Nomzodlar chet elda uzoq vaqt yashash uchun ruhan va jismonan sogʻlom boʻlishi kerak;
- Ilgari Koreyada bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini o‘qigan talabalar bu safar ariza topshira olmaydilar;
- Faqat bitta holatda, yaʼni oldingi yoki hozirgi oʻqishi davomida 90% dan yuqori bahoga oʻqigan va TOPIC 5 yoki undan yuqori darajaga erishgan nomzodlar qayta ariza yuborishlari mumkin.
Dastur talablari haqida ushbu havоla batafsil tanishib chiqish mumkin.
Foydali tomonlari
- Dastur davomida kontrakt puli to'liq qoplanadi, yashash uchun oylik stipendiya beriladi, tibbiy sug'urta qilinadi, havo yo'li chiptalari olib beriladi (faqat birinchi safar uchun);
- Tadqiqotchilarni qoʻllab quvvatlash uchun — har yili 19,800,000 KRW ($14,870) beriladi;
- Magistratura uchun — har yili 15,700,000 KRW ($11,791) beriladi;
- Til kursi to‘lovlari to‘liq moliyalashtiriladi.
Hujjat topshirish
Nomzodlar ikki xil usulda ariza yuborishlari mumkin:
- University Track (yaʼni universitetlarni oʻziga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish orqali) — bunda faqat bitta universitet va yoʻnalish tanlash mumkin;
- Embassy Track (nomzod oʻzi yashaydigan davlatidagi Koreya Elchixonasiga hujjatlarini topshirishi mumkin)- bunda 3 ta universitet va 3 ta yoʻnalish tanlash mumkin.
Hozirda University Track boʻyicha qabul ochilgan boʻlib arizalar qabul qilinmoqda:
- Ushbu havоla orqali kirib, qabul davom etayotgan universitetni tanlab shartlari va qabul qilish jarayonlari haqida batafsil bilib olish mumkin;
- Masalan, Kyungbok Universityni tanlab bosilsa, bu universitetga qaysi yoʻnalishga qanday darajada topshirish mumkinligi va soʻraladigan hujjatlar ekranda namoyon boʻladi, eng quyi qismida tanlangan universitetni kontakt maʼlumotlari saqlanadi. Qoʻshimcha savollar yuzasidan email orqali murojaat qilish mumkin.
Asosiy soʻraladigan hujjatlar:
- Ariza shaklini toʻldirish va imzo bilan tasdiqlash (Application form);
- Personal Statement;
- Study Plan (dastur davomida qanday oʻqishi haqida reja);
- Bitta tavsiyanoma (Recommendation Letter);
- Sogʻligi qoniqarli ekanini tasdiqlovchi hujjat (Personal Medical Assessment);
- Pasport;
- Oʻqishini tamomlagani haqida maʼlumot;
- Baholar transkripti;
- Yoshini, Koreya fuqarosi emasligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- Til sertifikatlari IELTS, TOPIC ular ham yuklanadi (ixtiyоriy).
- Hujjatlarning barchasi, agar ingliz tilida bo'lmasa, ingliz yoki koreys tiliga rasmiy tarjima qilinib apostil qilinishi shart! Barcha hujjatlarning (IELTSdan tashqari) original nusxasini yuborish kerak.
Hujjatlarni belgilangan muddatgacha quyidagi manzilga jo'natish kerak:
Section of Graduate Admissions, GIST
Unit 323, GIST College A, 123 Cheomdangwagiro, Bukgu, Gwangju, 61005, South Korea
Eslatma: dasturga ariza topshirishning оxirgi muddati universitetga qarab farq qiladi. Ariza topshirish muddatini har bir muassasaning veb-saytidan bilish mumkin.
Hujjat topshirish va saralash jarayoni haqida bu yerda batafsil oʻqib chiqish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Global Korean Scholarship dasturi haqida qo‘shimcha savollar uchun:
- Email : webmaster@studyinkorea.go.kr;
- Telefon: 02)3668-1490,1491;
- Fax : 82-2-756-4296;
- Manzil: 191, Jeongjail-ro, Bundang-gu, Seongnam-si, Gyeonggi-do, Korea.