Umumiy maʻlumotlar
Texnologiya va IT sohasidagi qizlar/ayollar uchun 2022-yil 7-8 iyun kunlari Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtadigan The Perspektywy Women in Tech sammitida grant asosida qatnashish imkoniyati.
Ushbu sammit oʻtgan yili 130 dan ortiq davlatdan kelgan 8 300 dan ortiq texnologiya sohasidagi ayol/qizlarni bir joyga jamlagan. Sammit davomida ishtirokchilar dunyoning eng nufuzli IT kompaniyalarida faoliyat olib borayotgan muvaffaqiyatli ayol-qizlar bilan jonli muloqot qilish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi, shuningdek, Expo & Career markazlarda turli davlatdan tashrif buyurgan qizlar bilan fikr almashish va yaqindan tanishishlari mumkin. Sammitning 2 kuni oflayn va qolgan qismi onlayn bo‘lib o‘tadi.
Sammit quyidagi sohalar doirasida boʻlib oʻtadi:
- Metaverse, web 3.0, NFT
- Human-Machine Interaction
- 5G
- Space Technologies 4.0
- Sustainable Leadership
- Cybersecurity
- Tech&Arts
- Deep Tech
- Digital Ecology, Tech4Climate
- Cloud
- Artificial Intelligence 3.0
- Fintech
Dastur grant asosida qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali kirib Perspektywy Women in Tech sammitida nega qatnashmoqchi ekanliklari va nega aynan ular tanlab olinishi kerakligini isbotlovchi motivatsion xat yozishlari soʻraladi.
Eslatma: Grantlar soni cheklanganligi bois tezroq ariza topshirishlari tavsiya etiladi.
Maqbullik shartlari
- Sammitda, asosan, axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talaba qizlar/ayollar va shu soha mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin;
- Shuningdek, yosh mutaxassislar, olimlar, professional shaxslar, startaplar sohasida faoliyat yuritayotganlar, faollar, liderlar va texnologiya sohasidagi ayollarni qoʻllab-quvvatlovchi erkaklar ishtirok etishlari mumkin;
- Dasturlash/texnologiya sohasida tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi;
- Sammit toʻliq ingliz tilida olib borilishi sababli ingliz tilini yuqori darajada bilishlari shart.
Foydali tomonlari
Grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Toshkentdan Varshavagacha borish-kelish aviachiptasi va turar-joy bilan ta'minlanadi;
- panel muhokamalarida qatnashish;
- asosiy spikerlarning nutqlarini bevosita tinglash;
- mavzuga doir netvorkinglarda qatnashish;
- texnologiyaga oid 30 ta maʼruzalarni tinglash;
- Expo & Career markazlarida mutaxassislar bilan uchrashib fikr almashish;
- Tajribali mutaxassislar uchun ishga joylashish imkoniyati ham beriladi.
Eslatma: Grant maxsus seminarlarda (workshoplarda) bepul qatnashishni oʻz ichiga olmaydi.
Hujjat topshirish
Grantga ariza yuborish uchun ushbu havola orqali kirib quyidagi maʼlumotlarni toʻldirish soʻraladi:
- Ism-familiya;
- Email;
- Telefon raqam;
- Davlat va shahar;
- Universitet va mutaxassisligi;
- Sammit haqida qayerdan maʼlumot olganligi;
- Shuningdek, nomzodlar nega sammitda ishtirok etishni xohlashlari va nega aynan shu nomzod grant uchun tanlab olinishga munosibligi haqida motivatsion xat yozishlari soʻraladi;
- Dasturlash va texnologiya sohasida tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi;
- Barcha maʼlumotlar toʻldirilganidan soʻng, APPLY tugmasi bosiladi;
- Sammit hakamlar hayʼati grant uchun yuborilgan arizalarni koʻrib chiqib munosib nomzodlar bilan aloqaga chiqishadi.