Dunyoning yetakchi universitetlaridan biri boʻlgan University of Liverpoolda 62 sohadan biri boʻyicha grant asosida PhD kurslarida o'qish imkoni

Dunyoning yetakchi universitetlaridan biri boʻlgan University of Liverpoolda 62 sohadan biri boʻyicha grant asosida PhD kurslarida o'qish imkoni

  • 17/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Dunyoning top universitetlari roʻyxatida 165-oʻrinni egallagan Liverpul Universiteti (University of Liverpool) dunyo boʻylab barcha izlanish olib borish istagida boʻlgan nomzodlarga doktorantura kurslarini taklif etadi.

Kurslar ikki turda boʻladi:

  • Self-funded (xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi);
  • Funded (xarajatlar universitet tomonidan qoplanadi).

Mazkur dastur jami 62 ta turli sohadagi kurslarni oʻz ichiga oladi. Kurslar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Taklif etilayotgan kurslar keng qamrovli boʻlganligi uchun har bir kurs turli oʻqish toʻlovlarini tashkil etadi. Kurs narxlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Tadqiqot ishini yozish boʻyicha batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dunyo boʻylab barcha nomzodlar dasturda qatnashish imkoniyatiga ega;
  • Dastur ingliz tilida olib boriladi. Nomzodlardan til bilish haqida sertifikat talab etiladi.

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga stipendiya asosida qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oʻqish toʻlovlari toʻliq qoplanadi;
  • Yillik stipendiya beriladi.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar umumiy tarzda quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Universitet tomonidan beriladigan mukofotlar hamda stipendiyalar taqdim etiladi;
  • Oʻzini oʻzi moliyalashtiruvchi toʻliq smenada oʻqiydigan nomzodlar oʻquv yillarining birinchi yilida £2,000 miqdorda chegirmaga ega boʻladi;
  • Oʻqish davomida yarim smena ishlash imkoniyati beriladi. Bu borada universitet tomonidan yordam koʻrsatiladi.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga ariza topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • Nomzodning qiziqishlariga mos keluvchi tadqiqot yoʻnalishini tanlash;
  • Ushbu yoʻnalish boʻyicha universitetdan ilmiy rahbar bilan bogʻlanish. Ilmiy rahbar bilan universitetning aspiranturadagi tadqiqot talabalarini qoʻllab-quvvatlash jamoasi orqali yoki tanlangan tadqiqot kursining internet sahifasidagi e-mail manzili orqali bogʻlanish mumkin.
  • Tadqiqot ishini tugallash;
  • Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish va ariza topshirish.

Dasturga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Maktab yoki kollej baholarining tarjimasi;
  • Universitet baholarining tarjimasi;
  • Diplom sertifikatlari;
  • Ingliz tilini bilish haqida sertifikat;
  • Qiziqishlarini koʻrsatuvchi insho (Personal statement);
  • Qogʻozda imzolangan ikkita maʼlumotnoma (agar nomzod oxirgi uch yil ichida kunduzgi taʼlimda oʻqigan boʻlsa, ular akademik maʼlumotnomalar boʻlishi kerak);
  • Tadqiqot taklifi (Research proposal). Ishlar plagiat va boshqa qonunbuzarliklarga qarshi tekshiruvdan oʻtadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Eslatma: Tanlangan kurs uchun ariza topshirishning oxirgi muddati mazkur kursning saytida berilgan. Dasturga qarab muddatlar farq qiladi.

Qabul boʻyicha savollarni ushbu havola orqali berilgan tegishli sohaning e-mail manzilida qoldirish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlarni ushbu havola orqali qoldirish mumkin.

Buyuk Britaniya
Dunyoning yetakchi universitetlaridan biri boʻlgan University of Liverpoolda 62 sohadan biri boʻyicha grant asosida PhD kurslarida o'qish imkoni

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar