Barcha talabalar uchun Fransiyada oylik €1000 haq toʻlanuvchi xalqaro amaliyot dasturi — The OECD Internship Programme

Barcha talabalar uchun Fransiyada oylik €1000 haq toʻlanuvchi xalqaro amaliyot dasturi — The OECD Internship Programme

  • 01/03/2024 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • Fransiya Davlat
  • Doimiy Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Magistr talabasi, PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Fransuz tili
  • Yosh chegarasi
    67 yoshgacha

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

OECD — Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining amaliyot dasturi iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi loyihalar ustida ishlash va ushbu tashkilotning korporativ vazifalarini qoʻllab-quvvatlash uchun yuqori malakali va gʻayratli talabalarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi — muvaffaqiyatli nomzodlarga xalqaro muhitda tahliliy va texnik koʻnikmalarini oshirish imkoniyatini berish.

Tashkilotning asosiy vazifasi butun dunyodagi odamlarning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini yaxshilashdan iborat. OECD global muammolarga yechim izlash, tajriba almashish va oqilona siyosat yoʻlida hukumat, parlament aʼzolari, korxonalar, jamoatchilik rahbarlari, fuqarolik tashkilotlari va akademiklarni birlashtiradi.

Dasturga arizalar yil davоmida qabul qilinadi.

Quyidagi yo'nalishlarda amaliyot o'tish mumkin: 

  • Qishloq xo'jaligi va baliqchilik
  • Sun'iy intellekt
  • Korrupsiyaga qarshi kurash
  • Korporativ boshqaruv
  • Raqamlashtirish
  • Iqtisodiyot
  • Ta'lim
  • Bandlik
  • Energiya
  • Atrof-muhit muhofozasi
  • Moliya
  • Gender tenglik va xilma -xillik
  • Salomatlik
  • Sanoat, innovatsiya va tadbirkorlik
  • Sug'urta va pensiya
  • Xalqaro migratsiya
  • Sarmoyadorlik
  • Yadro energiyasi
  • Davlat boshqaruvi
  • Mintaqaviy rivojlanish
  • Normativ islohotlar
  • Fan va texnologiya
  • Statistika
  • Soliq
  • Turizm
  • Savdo va qishloq xo'jaligi
  • Transport

Dastur haqida batafsil maʼlumоtni ushbu havоla оrqali оlish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi;
  • IT sohasida yaxshi bilimga ega boʻlishi va Microsoft Office dasturlarida bemalol ishlay olishi;
  • Kamida bir oy toʻliq amaliyot oʻtay olishi;
  • Ingliz yoki fransuz tilida erkin muloqot qila olishi;
  • Bilimli va tez kirishimli boʻlishi va boshqalar.

Foydali tomonlari

  • Har oy shaxsiy xarajatlar uchun 1000 yevrogacha stipendiya bilan taʼminlanadi;
  • 1 oydan 6 oygacha OECD bilan ishlash imkoniyatini qoʻlga kiritadi;
  • Oʻz sohasida yuqori malakaga ega boʻladi.

Hujjat topshirish

  1. Onlayn ariza topshiriladi va maʼlumotlar toʻldiriladi
  2. Kerakli hujjatlar:
    • Pasport nusxasi;
    • Cover letter;
    • Oʻqiyotgan oliygohdan maʼlumotnoma;
    • Tibbiy sugʻurta;
    • Viza;
    • Fransiya bank hisob raqami (OECD ga rasman qabul qilingandan soʻng soʻraladi);
    • Ariza koʻrib chiqilgan soʻng intervyu olinadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Ariza topshirilgandan keyin 5 oy davomida saralanganlar bilan aloqaga chiqiladi.
  • Agar aloqaga chiqilmasa, demak, nomzod qabul qilinmagan boʻladi va ulardan yana qayta urinib koʻrishlari soʻraladi.
  • Arizalar koʻrib chiqilgandan saralanganlar uchun soʻng intervyu belgilanadi va ularga sohasiga oid topshiriq beriladi. Yakuniy natijaga koʻra qabul qilinganlarga rasmiy xat yuboriladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun HRM.InternshipOffice@oecd.org ga murojaat qilishlari soʻraladi.

Koʻp beriladigan savollar bilan tanishish uchun ushbu linkka kiring.

Fransiya
Barcha talabalar uchun Fransiyada oylik €1000 haq toʻlanuvchi xalqaro amaliyot dasturi — The OECD Internship Programme

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar