Chevening granti — magistraturani Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati

Chevening granti — magistraturani Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati

  • 06/08/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 06/11/2024 04:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Chevening stipendiyasi bu — magistratura bosqichini 1 yil davomida Buyuk Britaniya universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi dastur. Ushbu dastur butun dunyodan kelgan va oʻz karyerasini boshlayotgan professionallarga bilimlarini oshirishga yordam beradi. 

Dastur gʻoliblariga barcha xarajatlar: oʻqish puli, Britaniyaga borish-kelish xarajatlari, oylik stipendiya va sugʻurta qoplab beriladi. Shuningdek, stipendiya doirasida oʻtkaziladigan barcha tanlovlarga qatnashish xarajatlari ham qoplab beriladi.

Chevening granti butun dunyodagi eng nufuzli grant dasturlaridan biri bo'lib, unga eng yaxshi nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlarda kuzatilayotgan umumiy xatolar va ularni bartaraf qilish haqida ko'rsatamalar bilan bu yerda tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:

Maqbullik shartlari

  • Chevening grantini berishga munosib deb topilgan davlatlar ro'yxatida bo'lish (O'zbekiston bu ro'yxatga kiradi);
  • Kamida 2 yillik (2800 soatga teng) ish tajribasiga ega boʻlish (to'liq stavka, yarim stavka, o'qish davomidagi, volontyorlik soatlari barchasi kiradi. Batafsil bu yerda o'qib olish mumkin);
  • Dastur tugaganidan keyin oʻz vataniga qaytish;
  • Bakalavr bosqichida aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi va ingliz tilini bilish darajasi yuqori boʻlishi soʻraladi;
  • 2 ta tavsiyanoma va akademik natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish kerak;
  • Oldin Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tashkil etilgan stipendiya gʻolibi boʻlganlar qayta qatnasha olmaydilar;
  • Kamida 3 ta Buyuk Britaniya universitetlari kurslariga roʻyxatdan oʻtib ulardan ijobiy javoblar olgan boʻlish lozim. Bunda 3 ta turli xil universitetdan bir-biriga yaqin sohaga aloqador boʻlgan kurslarni olish yoki bitta universitetdan 3 ta kurs olib oʻqish mumkin.

Dastur talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Eslatma: oldin magistrlik darajasini olganlar ham dasturda qatnashishi va yana bir marta magistraturada o'qish uchun ariza berishi mumkin. Buning uchun faqat nega qayta o'qimoqchiligining sababini ochib bera olishi kerak.

Foydali tomonlari

  • Buyuk Britaniyaning istalgan universitetida o'qish uchun kontrakt puli qoplab beriladi. 3 tagacha universitet ixtiyoriy tanlanadi;
  • Yashash xarajatlari to'la qoplab beriladi (oylik stipendiya beriladi);
  • Safar xarajatlari to'lab beriladi (ekonom klassda) va viza masalalarida alohida yordam beriladi;
  • TB testi talab qilinsa, 75 funt-sterlinggacha qoplab beriladi;
  • G'oliblar butun umr Chevening jamiyati a'zosi sifatida qoladi va unga doir tadbirlarga taklif qilib turiladi.

Dastur imtiyozlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Kerakli hujjatlar:

  1. 2 ta tavsiyanoma xati (tavsiyanoma xatiga qo'yilgan talablar bu yerda).
  2. Diplom va baholar tarjimasi (transcripts);
  3. Leadership haqida essay 
  4. Relationship building and maintenance haqida essay;
  5. Study plan haqida essay;
  6. Career plan haqida essay.
  • Ariza topshirish ushbu havola orqali 2024-yil 6-avgustda boshlanadi.
  •  Ushbu havola orqali nomzod oʻz davlatini tanlab roʻyxatdan oʻtishi kerak;
  • Roʻyxatdan oʻtish 2024-yil 6-noyabr soat 04:59 gacha  (Toshkent vaqti bilan) davom etadi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Batafsil maʼlumotlar bilan toʻliq tanishib chiqish uchun havolalar:

  • Qabul jarayoni haqida batafsil bu yerda;
  • Kurslar haqida batafsil bu yerda;
  • Aynan qaysi kurslarni tanlash boʻyicha koʻrsatma bu yerda;
  • Tez-tez so'raladigan savollarga (FAQs) javoblar bu yerda;
  • Dasturga topshirish uchun 2 yillik ish tajribasi soʻraladi. Ish tajribasiga qoʻyilgan shartlar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Muhim  sanalar:

  1. 2024-yil 6-noyabr stipendiya shartlariga toʻliq muvofiq kelgan nomzodlar saralab olinadi;
     
  2. 2024-yil noyabr oyi oʻrtalaridan dekabrgacha Mustaqil qoʻmitalar barcha topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqib keyin ularni Britaniya kengashlari va elchixonalariga qaytib yuborishadi;
     
  3. 2025-yil fevral oyi o’rtalarida tanlab olingan nomzodlarga xabar beriladi va Elchixonaga intervyuga taklif qilinadilar. Intervyudan qanday oʻtish haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin;
     
  4. 2025-yil 19-fevralgacha intervyudan oʻtgan nomzodlardan 2 ta tavsiyanoma va oʻqish joylari haqida maʼlumot berishlari soʻraladi. Batafsil bu yerda tanishish mumkin.
     
  5. 2025-yil 26-fevraldan 25-aprelgacha shu jarayongacha yetib kelgan barcha nomzodlar Britaniya elchixonalari tomonidan intervyu qilinadi;
     
  6. 2025-yil iyun oylarining boshida natijalar eʼlon qilinadi;
     
  7. 2025-yil 11-iyul 21:00 gacha nomzod oʻzi tanlagan Britaniya universitetlaridan birining kurslariga qabul qilingan boʻlishi soʻraladi;
     
  8. 2025-yil sentabr-oktabr oylarida Chevening stipendiya gʻoliblari oʻqishlarini Britaniyada davom ettirishadi.
Buyuk Britaniya
Chevening granti — magistraturani Buyuk Britaniyaning istalgan universitetlaridan birida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyati

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar