Teach for Uzbekistan - turli sоha vakillari uchun taʼlim sohasida ikki yillik professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi dasturi

Teach for Uzbekistan - turli sоha vakillari uchun taʼlim sohasida ikki yillik professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi dasturi

  • 12/02/2025 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • 20.03.2025 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Teach for Uzbekistan — bu yangi avlod uchun yangi formatdagi taʼlim loyihasi. Bu sifatli taʼlim kuchiga ishongan faol xalqaro professionallar jamoasidir. Dasturdan maqsad jamiyatimizning rivoji va farovon kelajagi yoʻlida har bir bola uchun teng taʼlim imkoniyatlarini yaratishdan iborat. 

Teach For Uzbekistan - mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirishni o'zini oldiga maqsad qilib qo'ygan mustaqil ijtimoiy tashkilot.   Teach For Uzbekistan loyihasi turli universitetlarning eng yaxshi bitiruvchilarini tanlov asosida ishga qabul qiladi va ular 2 yil davomida olis tumanlardagi maktablarda o’qituvchi sifatida faoliyat olib boradilar. 
Loyiha Stipendiatlari eng nufuzli oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilari hisoblanadi. Iqtidorli, faol, taʼlim sohasiga ishtiyoqi baland yoshlar maxsus qayta tayyorlashdan oʻtib, ikki yil ichida tumanlardagi maktablarda oʻqituvchi sifatida ish tajribasini oʻtash imkoniyatiga ega boʻladilar. Loyiha ishtirokchilari muntazam moddiy qoʻllab-quvvatlanadi, shuningdek taʼlim sohasining ekspertlari tomonidan yordam va maslahatlar berib boriladi. Teach for Uzbekistan loyihasi bitiruvchilari xalqaro Teach for All hamjamiyatining aʼzosiga aylanadilar va kelajakda oʻzlarini turli sohalarda namoyon qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Universitet bitiruvchilari bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish shart emas;
  • O‘zbek/rus tilida ravon so‘zlasha olish. Ingliz tilini bilish afzallik beradi;
  • Belgilangan maktabda 2 yil ishlay olish;
  • 1-iyuldan boshlab 5 haftalik yozgi institutda qatnasha olish kerak.                    

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • 2 yil davomida viloyat maktablarida o‘qituvchilik tajribasi;
  • Rasmiy ishga joylashish;
  • Loyiha davomida barqaror moliyaviy yordam (oylik+stipendiya);
  • Mutaxassislar va metodistlar bilan birgalikda o‘z ta’lim loyihalaringizni yaratish imkoniyati;
  • 5 haftalik intensiv pedagogik tayyorgarlik;
  • Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti tomonidan pedagogik malaka oshirish sertifikati;
  • 500$ stipendiya;
  • Rasmiy o‘qituvchi maoshi (O‘zbekiston standartlari asosida);
  • Onlayn va oflayn murabbiylik va qo‘llab-quvvatlash.

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Maʼlumot uchun:

Manzil: Toshkent, Oʻzbekiston;

E-mail: teachforuzbinfo@gmail.co;

Tel: +99891 017-90-09.

Oʻzbekiston
Teach for Uzbekistan - turli sоha vakillari uchun taʼlim sohasida ikki yillik professional rivojlanish imkoniyatini beruvchi dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar