Umumiy maʻlumotlar
Bryussel qisqa metrajli filmlar festivali (Brussels Short Film Festival) — kino ixlosmandlari, tomoshabinlar, professionallar ijodkorlar uchun moʻljallangan koʻrgazma. Tanlovning asosiy maqsadi — qisqa metrajli filmlarni targʻib qilish va tarqatish, shuningdek, tomoshabinlar, yosh rejissyorlar va professionallar oʻrtasida aloqa oʻrnatishga xizmat qilish.
Tanlov 2025-yil 23-apreldan 3-maygacha Belgiya poytaxti Bryussel shahrida boʻlib oʻtadi. Tanlov gʻoliblari 3,500 yevrodan 1,500 yevrogacha boʻlgan pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Yosh havaskor rejissyorlar ushbu tanlovning “Next Generation” tanloviga ariza topshirishlari mumkin.
Festival doirasida 3 ta tanlov tashkil qilinadi:
- National Competition (Milliy musobaqa);
- International Competition (Xalqaro tanlov);
- “Next Generation Competition” (talabalar filmlariga bagʻishlangan).
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dasturga qiziqqan barcha qatnashishi mumkin;
- Har bir ishtirokchi qisqa metrajli film yaratishlari kerak;
- Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.
Topshirilayotgan har bir film quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Filmlarning davomiyligi 30 daqiqadan oshmasligi kerak. Barcha janrlar qabul qilinadi;
- Filmlar 2023-yil 1-noyabrdan keyin suratga olingan boʻlishi yoki birinchi ommaviy koʻrgazmasi boʻlishi kerak;
- Namoyish etiladigan film ingliz tilida boʻlishi kerak (agar film ingliz tilida suratga olinmagan boʻlsa inglizcha subtitr qilinishi soʻraladi). Hatto film ingliz tilida boʻlsa ham ingliz tilida subtitr qoʻshish talab qilinadi;
- Filmlar DCPda shifrlanmagan va mp4 formatida festival namoyishi uchun taqdim etilishi kerak. Kodek ProRes — 20 MB dan 30 Mb gacha — 1920 x 1080;
- Filmlarni saralab olish uchun subtitri ingliz tilida aniq va tushunarli qilingan boʻlishi kerak. Taqdim etish davomida kerak boʻlib qolsa, fransuz yoki nemis tilidagi subtitrlardan ham foydalanish mumkin;
- “Next Generation” tanloviga taqdim etilgan filmlar kino maktabi yoki oliy rejissyorlik kursi doirasida rejissyorlik qilingan boʻlishi lozim.
Eslatma: Talabalar filmlari “Next Generation” tanloviga topshirilishi kerak.
Foydali tomonlari
Xalqaro konkurs yoʻnalishi boʻyicha beriladigan mukofotlar:
- Bosh mukofot — 3,500 yevro;
- Hakamlar hayʼati maxsus mukofoti — 1,000 yevro;
- Eng yaxshi aktyor va aktrisa mukofoti — 1,000 yevro;
- Tomoshabinlar mukofoti — 1,500 yevro;
- Qoʻshimcha sovrin sifatida filmlarni telekanallarda translyatsiya qilish huquqi beriladi.
“Next Generation konkursi” yoʻnalishi boʻyicha beriladigan mukofotlar:
- Bosh mukofot — 1,500 yevro;
- Auditoriya xalqaro mukofoti — 500 yevro;
- Tomoshabinlar milliy mukofoti — 1,000 yevro;
- Yosh hakamlar hayʼati mukofoti — 500 yevro;
- Qoʻshimcha sovrin sifatida filmlarni telekanallarda translyatsiya qilish huquqi beriladi.
Eslatma: Agar xalqaro tanlovning sovrindori tomonidan ishlangan film Akademiya qoidalariga mos kelmasa, “Academy Awards®“ animatsion qisqa metrajli / jonli harakatli filmlar toifasida koʻrib chiqilish huquqiga ega boʻladi.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari lozim. Filmlarni esa onlayn tarzda 2025-yil 31-yanvarga qadar Festhome platformasiga yuklash soʻraladi.
Biriktirilishi kerak boʻlgan hujjatlar:
- Yaratilgan filmning surati (Har qanday nashrda foydalansa boʻladi).
- Film direktorining fotosurati.
Muhim: Ariza topshirish faqat ushbu hujjatlar qabul qilinganidan keyin amal qiladi. Ushbu onlayn platformadan boshqa platformalarda yuborilgan ishlar, masalan, DVD, BluRay, elektron pochta orqali tanlovda hisobga olinmaydi.
Hujjat topshirishda bir martalik badal toʻlovi undiriladi:
1.Xalqaro tanlovda qatnashish uchun:
- 2024-yil 3-dekabrdan 2025-yil 13-yanvargacha — 18 yevro;
- 2025-yil 14-yanvardan 31-yanvargacha — 25 yevro.
2.“Next Generation” tanlovida qatnashish uchun:
- 2024-yil 17-sentyabrdan 2-dekabrgacha — 10 yevro;
- 2024-yil 3-dekabrdan 2025-yil 13-yanvargacha — 12 yevro.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 31-yanvar, 2025yil (04:00);
- Tanlov natijalari 2025-yil mart oyi oʻrtalariga qadar xabardor qilinadi.