Ijodkorlik, media va dizayn sohasi vakillari uchun Rossiyada oʻtkaziladigan ijodkor yoshlar festivali

Ijodkorlik, media va dizayn sohasi vakillari uchun Rossiyada oʻtkaziladigan ijodkor yoshlar festivali

  • 01/06/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Rossiya Davlat
  • 14/06/2024 12:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Rus tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan 35 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yoshlar ishlari boʻyicha federal agentlik va Omsk viloyati Yoshlar ishlari, jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ijodkorlik, media va dizayn sohasi vakillari uchun Omsk shahrida oʻtkaziladigan ijodkor yoshlar festivali taqdim etiladi.

Festival 2024-yil 26-iyundan 30-iyungacha Sibir federal okrugi, Omsk shahrida oʻtkaziladi. Yoshlar kuni festival dasturining kulminatsion nuqtasi boʻlib, unda mashhur boshlovchilar, rus estradasi yulduzlarining chiqishlari, shuningdek, festival ishtirokchilari va mehmonlarining namoyishi boʻlib oʻtadi.

Dasturdan asosiy maqsad Rossiya va Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar oʻrtasida xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Dastur boʻyicha batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Festivalda Rossiyaning Sibir federal okrugi hududlari, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan ijodkor yoshlar ishtirok etishi mumkin;
  • Dastur ijodkorlik, sanʼat va intellektual faoliyatning turli yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi:
    • Ijodkorlik“ sanʼat maktabi — musiqa, xoreografiya sohalari vakillari, moda sanoati vakillari, rejissyorlar;
    • Dizayn“ sanʼat maktabi — strit-art sohasi vakillari, rassomlar, dizaynerlar;
    • Media“ sanʼat maktabi — yozuvchilar, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar.
  • Ingliz va rus tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi);
  • Tadbir davomida har bir sanʼat maktabi ishtirokchilari ustoz va ekspertlar rahbarligida 2024-yil 29-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari doirasida namoyish qilishga moʻljallangan jamoaviy ijodiy ishlarini yaratishlari kerak.

Foydali tomonlari

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Omsk shahrigacha aviachipta, turarjoy, ovqatlanish va mahalliy transport xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi.

Hujjat topshirish

Tanlovda ishtirok etish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Roʻyxatdan oʻtiladi. Bunda email orqali maxsus link yuboriladi hamda ushbu link orqali ishtirokchilar oʻz profiliga kirish imkoniyatiga ega boʻladi;
  2. Shaxsiy profildagi “Loyihalar” boʻlimiga kirib, loyiha yaratiladi;
  3. Yaratilgan loyiha “Tadbirlar” boʻlimiga yuboriladi.

Roʻyxatdan oʻtishda quyidagilar soʻraladi:

  • Shaxsiy maʼlumotlar;
  • Nomzodning rasmi.

Muhim: Arizani ingliz va rus tillarida toʻldirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Rossiya
Ijodkorlik, media va dizayn sohasi vakillari uchun Rossiyada oʻtkaziladigan ijodkor yoshlar festivali

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar