Yaponiyaning Matsumae xalqaro tashkiloti tomonidan istalgan sohadagi tadqiqotchilar uchun amaliyot dasturi. Oylik stipendiya — $1,450

Yaponiyaning Matsumae xalqaro tashkiloti tomonidan istalgan sohadagi tadqiqotchilar uchun amaliyot dasturi. Oylik stipendiya — $1,450

  • 01/04/2023 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Yaponiya Davlat
  • 30/06/2023 20:00 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Yapon tili
  • Yosh chegarasi
    45 yoshgacha

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Yaponiyaning nufuzli Matsumae xalqaro tashkiloti doktorantura bosqichini tamomlagan va hozirgi kunda tabiiy fanlar, muhandislik, tibbiyot yoki boshqa yoʻnalishlarda tadqiqot olib borayotganlar uchun xalqaro almashinuv dasturini eʼlon qiladi.

Matsumae Xalqaro Jamgʻarmasining (MIF) maqsadi — irqi, jinsi, dini yoki mafkurasidan qatʼi nazar, yuqori akademik qobiliyatga ega boʻlgan chet ellik tadqiqotchilarga Yaponiyada ilmiy faoliyat olib borish imkoniyatini berish va Yaponiyaning ilmiy rivojlanishga hissa qoʻshish, shuningdek, xalqaro doʻstlik aloqalarini mustahkamlash.

 Nomzodlar shu vaqt oraligʻidagi 3 yoki 6 oylik tadqiqot dasturiga ariza topshirib ishtirok etishlari mumkin.

Qabul soni: 15 ta

Qabul tugashining oxirgi sanasi: 2023-yil 30-iyun (Yaponiya vaqti bilan).

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Yaponiya fuqarosi boʻlmagan barcha tadqiqotchilar ariza yuborishlari mumkin;
  • Nomzodlar ariza topshirish vaqtida doktorantura bosqichini tamomlagan, yoshi 45 yoki undan kichik boʻlishi;
  • Ingliz yoki yapon tilida erkin soʻzlashish qobiliyatiga ega boʻlishlari kerak;
  • Ariza yuborish vaqtiga qadar oʻzlari tadqiqot olib borishni istagan universitet yoki tadqiqot markazi tomonidan qabul qilinganlik haqida xat olishlari kerak;
  • Tadqiqotlar, asosan, tabiiy fanlar, muhandislik va tibbiyot yoʻnalishlarida olib borilganligi sababli qabul jarayonida shu soha vakillariga ustunlik beriladi;
  • Nomzodlar oldin Yaponiyaga tadqiqot olib borish maqsadida tashrif buyurmagan boʻlishlari;
  • Dastur tugagandan soʻng oʻz davlatlariga qaytib oʻrganganlarini boʻlishishlari kerak.

Qabul qilinish shartlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Tadqiqot xarajatlarini qoplash uchun oyiga 220,000 JPY (~1,450 dollar), Yaponiyaga yetib kelgach joylashib olish va yashash xarajatlari uchun 120,000 JPY (~793 dollar) beriladi;
  • Borish-kelish aviachiptasi, sayohat va tibbiy sugʻurta xarajatlari dastur tomonidan toʻliq qoplanadi;
  • Matsumae xalqaro tashkiloti tadqiqotchilarni Yaponiya madaniyati bilan yaqindan tanishi uchun oʻquv sayohat dasturlariga taklif qiladi.

Eslatma: Dastur tadqiqotchining viza xarajatlarini, oilasi boʻlsa ularning Yaponiyaga kelish xarajatlarini moliyalashtirmaydi.

Hujjat topshirish

Kerakli hujjatlar roʻyxati:

1. Ariza shaklini toʻldirish.

WORD shaklida yuklab olish kerak.

2. Tadqiqot rejasi.

Yaponiyada chop etilishi maqsad qilingan tadqiqot rejasining PDF shakli.

3. CV.

Bunda asosan ilmiy ishlari va erishgan yutuqlariga urgʻu berish maqsadga muvofiq.

4. Tavsiyanoma xati.

Hozirda faoliyat olib borayotgan muassasa rahbari yoki tadqiqotchisi tomonidan yozilishi kerak.

5. Bakalavr, magistratura, doktorantura diplomlari, ilmiy sertifikatlar nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tiliga notarial tarjima qilishi kerak, nomzodning oʻzi qilgan tarjimalar hisobga olinmaydi.

6. Qabul qilinganlik haqida xat (Invitation Letter).

Xatda nomzod tadqiqot olib boradigan muassasa rahbarining imzosi boʻlishi, ular nomzodning tadqiqot rejasi bilan tanishib chiqib rozilik bildirganligi haqida maʼlumot koʻrsatilishi kerak.

Hujjatlarni yuborish

  • Barcha hujjatlar ingliz tilida PDF shaklida elektron pochta orqali yuborilishi kerak.
  • Elektron pochta manzili: application@mif-japan.org
  • 10 MB dan katta, PDF shaklidan boshqa shaklda yuborilgan, masalan, “rar”, “zip” umuman qabul qilinmaydi.

Natijalar 2023-yil noyabr oyida MIF saytida eʼlon qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha savollar boʻyicha ushbu havola orqali bogʻlanish mumkin.

Yaponiya
Yaponiyaning Matsumae xalqaro tashkiloti tomonidan istalgan sohadagi tadqiqotchilar uchun amaliyot dasturi. Oylik stipendiya — $1,450

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar