Umumiy maʻlumotlar
Golden Turtle xalqaro fotosuratlar tanlovi “MY EQUATOR” xayriya ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Tanlovda ijtimoiy va geografik kelib chiqishidan qatʼi nazar barcha oʻz ishi bilan ishtirok etishi mumkin. Tanlovning rasmiy tili rus va ingliz tillaridir.
Golden Turtle tanlovi yovvoyi tabiatga bagʻishlangan fotolar tanlovi hisoblanadi. Shu sababli ham tanlov ishtirokchilaridan hayvonlarni suratga olayotganda ularga zarar yetkazmaslik, ularning tabiiy muhitiga minimal aralashish talab etiladi.
Tanlov 3 ta yoʻnalishdan iborat:
Tanlov gʻoliblari 2025-yil kuzida Moskvada boʻlib oʻtadigan xalqaro koʻrgazmaga taklif etiladi.
Golden Turtle xalqaro fotosuratlar tanlovi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Nomzodlarga quyilgan umumiy talablar:
- Tanlovda ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar barcha qatnasha oladi;
- Bir ishtirokchi 20 tagacha ish bilan ishtirok etishi mumkin;
- Bir fotosurat faqat bitta nominatsiyada taqdim etilishi kerak;
- Paster nominatsiyasida taqdim etiladigan ishlar uzunligi va kengligi 2:3 nisbatda boʻlishi kerak;
- Tanlovda yakka va jamoaviy tarzda qatnashish mumkin;
- Ishtirokchi oʻz ishining huquqiy egasi boʻlishi va mualliflik huquqlarini buzmasligi kerak.
Ijodiy ishlar uchun qoʻyiladigan umumiy texnik talablar quyidagicha:
- Rasmlar JPEG formatida boʻlishi kerak;
- Gorizontal ishlar uchun oʻlchamlar gorizontal ravishda 1,920 piksel, vertikal ishlar uchun esa vertikal ravishda 1,920 piksel boʻlishi kerak;
- Yuklanadigan fayl hajmi 3 MB dan oshmasligi lozim.
Muvofiqlik talablari yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin. Shuning uchun quyidagi havolalar orqali toʻliq maʼlumot olish kerak:
Foydali tomonlari
- Oʻz nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan tanlov gʻoliblariga 75,000 rubl ($709) miqdorida pul mukofoti, kubok, diplom, tanlovning barcha finalchilari yozilgan albom va hamkorlarning sovgʻalari beriladi;
- 2- va 3- oʻrinlarni egallagan gʻoliblar festival homiylari va hamkorlari tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi;
- Bir yoki bir nechta nominatsiyalarda gʻolib boʻlgan ishtirokchi hakamlar hayʼati tomonidan “Yil Fotografi” deb topiladi va 150,000 rubl ($1,400) pul mukofoti beriladi;
Eslatma: Final bosqichi professional hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan yakunlanganidan soʻng, tanlov hamkorlari asosiy nominatsiyalar boʻyicha gʻolib boʻla olmagan ishtirokchilarni taqdirlashi mumkin.
Mukofotlar berish jarayoni yosh kategoriyalariga qarab farqlanadi!
Hujjat topshirish
- Tanlovda qatnashish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish kerak:
- Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, login va parol beriladi (Roʻyxatdan oʻtish jarayonida koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi);
- Registratsiyadan oʻtgandan keyin ishtirokchi uchun ochilgan shaxsiy profilda sanʼat asarni yuklash, tahrirlash, oʻchirish mumkin.
Foto muallifi oʻz ishi haqida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak:
- Foto muallif ismi;
- Foto loyihaning gʻoyasi (maqsadlari, muammolari, ijtimoiy ahamiyati) 200 dan kam boʻlmagan belgilarni oʻz ichiga olishi lozim.
Eslatma! Tanlovda qatnashayotgan fotograflar olingan voqelikni oʻzgartirmasligi va rasmni haqiqiy holicha namoyon qilishi kerak. Tasvirlarga talablarda ruxsat etilgan darajasidan koʻp ishlov bergan ishtirokchilarning ishlari tanlovning texnik eksperti tomonidan musobaqadan chetlatilishi mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Final bosqichida gʻoliblar ikki tomonlama reyting tizimi yordamida aniqlanadi:
- Professional hayʼat aʼzolari har bir nominatsiya boʻyicha eng yaxshi ishlarning shaxsiy TOP-3 reytingini tuzadi (1-oʻrin = 3 ball, 2-oʻrin = 2 ball, 2-oʻrin = 1 ball);
- Tizim avtomatik ravishda har bir nominatsiya boʻyicha professional hayʼat aʼzolaridan maksimal ovoz toʻplagan 3 ta ishni tanlab oladi va hakamlar hayʼatining TOP-3 roʻyxatiga eng koʻp kiritilgan asarlarning alohida roʻyxatini shakllantiradi.
Ushbu roʻyxatlar bir-biriga toʻgʻri kelsa, bu ishlar keyinchalik “oltin”, “kumush”, “bronza” mukofotlari sovrindorlariga aylanadi. Agar roʻyxatlar bir-biriga mos kelmasa, 3 ta eng yaxshi oʻringa qoʻyilgan ishlar oʻrtasida qoʻshimcha ovoz berish oʻtkaziladi.
“ECO-Posters” va “Art” yoʻnalishi bir nechta bosqichdan iborat boʻlib, ular quyidagicha:
- Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat — 31.03.2025 (02:00);
- Dastlabki saralash bosqichi yakunlanishi — 30.04.2025;
- Asl nusxalarni qabul qilish — 01.05.2025 – 10.05.2025;
- Yarim final — 21.05.2025 – 31.05.2025;
- Ekspert komissiyasi tomonidan qoʻshimcha tekshirish — 01.06.2025 — 10.06.2025;
- Final bosqichi — 11.06.2025 – 15.06.2025;
- Maxsus nominatsiyalar — 16.06.2025 — 30.09.2025;
- Taqdirlash marosimi – 2025-yil kuzi;
- Moskvadagi koʻrgazma — 2025-yil kuzi.
“Photo” yoʻnalishi bir nechta bosqichdan iborat boʻlib, ular quyidagicha:
- Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat — 31.03.2025 (02:00);
- Dastlabki saralash bosqichi yakunlanishi — 30.04.2025;
- Chorak final — 01.05.2025 – 10.05.2025;
- Asl nusxalarni qabul qilish — 11.05.2025 – 20.05.2025;
- Yarim final — 21.05.2025 – 31.05.2025;
- Ekspert komissiyasi tomonidan qoʻshimcha tekshirish — 01.06.2025 — 10.06.2025;
- Final bosqichi — 11.06.2025 – 15.06.2025;
- Maxsus nominatsiyalar — 16.06.2025 — 30.09.2025;
- Taqdirlash marosimi – 2025-yil kuzi;
- Moskvadagi koʻrgazma — 2025-yil kuzi.
Golden Turtle xalqaro fotosuratlar tanlovi haqida qoʻshimcha savol va takliflarni partners@wnfest.ru elektron manziliga yuborish mumkin.