Umumiy maʻlumotlar
Fellowships at Auschwitz for the Study of Professional Ethics (FASPE) Journalism professional etika va axloqiy yetakchilik boʻyicha intensiv, ikki haftalik oʻquv dasturi hisoblanadi. Oʻquv dasturi ishtirokchilarni oʻzlari ishlayotgan zamonaviy sharoitlarda oʻz kasblarida axloqiy jihatdan tashvishlantiruvchi gʻoya, mavjud oʻzgarishlar va muammolarni tanqidiy baholay olishni o'rgatish uchun moʻljallangan.
Dastur ishtirokchilari oʻz jamiyatlarida taʼsir kuchiga ega boʻlgan shaxslar sifatida oʻz roli va masʼuliyatini tushunishga yordam berish va ularni hozirda jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarida duch kelayotgan axloqiy muammolarni aniqlash va ularga qarshi turishga chorlaydi.
Har yili, dastur uchun 14-16 nafar jurnalistika sohasidagi talabalar va professional faoliyatini boshlash arafasidagi jurnalistlar tanlab olinadi.
Dastur haqida batafsil maʼlumotlar bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.
Maqbullik shartlari
FASPE Journalism dasturida asosiy kasb sifatida jurnalistika sohasiga qiziquvchi va quyidagi toifalardan biriga mos keluvchi nomzodlar hujjat topshirishi mumkin:
- Har qanday soha boʻyicha magistratura dasturida oʻqiyotgan va jurnalist sifatida ishlashni rejalashtirgan nomzodlar;
- 5 yildan ko'p bo'lmagan jurnalistik tajribaga ega bo'lish (kollejning yangiliklar bo'limida yoki boshqa tarzda) va har qanday turdagi magistratura dasturiga kiritilgan va jurnalist sifatida ishlashni rejalashtirgan;
- aspiranturani tamomlagan bo'lishi va ariza topshirish vaqtida ko'pi bilan 5 yillik kasbiy tajribaga ega bo'lgan jurnalist sifatida ishlayotgan bo'lish.
FASPE Journalism dasturi jurnalist sifatida oʻz professional faoliyatini boshlash arafasida turgan, hamkasblari va professor-oʻqituvchilari bilan munozaralarda qatnashish istagidagi, kichik guruhlarda masʼuliyat va hurmat bilan qiyin va bahsli masalalarni hal qilish uchun intellektual va hissiy yetuklikka ega boʻlgan nomzodlarni qidiradi. Dasturga nomzodlar ilmiy darajasi, shaxsiy va professional tajribasi, yetakchilik qobiliyati, dastur va bitiruvchilar hamjamiyatiga hissa qoʻshish qobiliyati asosida tanlanadi.
Foydali tomonlari
2025-yil yozda Germaniya va Polshada boʻladigan 2 haftalik intensiv oʻquv dasturida ishtirok etish xarajatlari toʻliq qoplanadi:
- Yevropaga ekonom-klassdagi ikki tomonlama aviachiptalar.
- Germaniya va Polshada guruh sayohati va faoliyati uchun barcha transport xarajatlari.
- Barcha kirish toʻlovlari.
- Barcha dastur materiallari.
- Barcha mehmonxona xarajatlari.
- Barcha guruh ovqatlanish xarajatlari.
- Guruh boʻlmagan ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun choʻntak puli.
Hujjat topshirish
Dastur uchun ariza va barcha kerakli hujjatlar onlayn tarzda Submittable tizimi orqali qabul qilinadi:
Kerakli hujjatlar:
- Onlayn ariza. FAPSE Submittable tizimida nomzoddan ayrim shaxsiy maʼlumotlar soʻraladi.
- CV (resume). Nomzodning akademik, professional faoliyati, barcha yutuqlari, chop ettirilgan adabiyotlari koʻrsatilishi kerak;
- Transkript — universitet baholari. (elektron shakldagisi yoki asl nusxasining skaner qilingan shakli);
- Motivatsion xat (1500 soʻzdan oshmasligi kerak). Xatda onlayn arizada berilgan qisqa savollarga javob berilishi lozim va 1ta pdf formatidagi faylda yuklanishi kerak. Ushbu havola orqali savollar bilan tanishib chiqish mumkin.
- Tavsiyanomalar (2 ta). Nomzodning tahsil olgan bakalavr va/yoki magistrlik dasturi akademik fakultetidan boʻlgan shaxslarning aloqa maʼlumotlari soʻraladi va tavsiyanomalar toʻgʻridan-toʻgʻri ulardan qabul qilinadi.
- Nomzod haqida maʼlumot bera oladigan shaxslarning aloqa maʼlumotlari soʻraladi. Ulardan yozma tavsiyanoma talab qilinmaydi, ammo nomzodni akademik, professional va shaxsiy jihatdan yaxshi bilishi va u haqida suhbatlashishga tayyor boʻlishi kerak.
Dastur talablari va hujjat topshirish jarayonlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Muhim: hujjat topshirishdan avval rasmiy saytdagi dastur haqidagi maʼlumotlar va tez-tez soʻraladigan savollar (FAQs) boʻlimi bilan tanishib chiqish lozim.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
2 haftalik oʻquv dasturi muddati: 23.06.2025 — 04.07.2025.
Dastur uchun tanlov natijalari 2025-yil mart oyining boshlarida eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
Tez-tez soʻraladigan savollar — FAQs.
Dastur haqida qoʻshimcha savollar yuzasidan dastur direktori, Rebecca Scott bilan bogʻlanish mumkin: rscott@faspe-ethics.org