Koreyada magistratura bosqichida oʻqish uchun KOICA tomonidan taqdim qilingan toʻliq moliyalashtiriluvchi grantlar

Koreyada magistratura bosqichida oʻqish uchun KOICA tomonidan taqdim qilingan toʻliq moliyalashtiriluvchi grantlar

  • 27/11/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Koreya Davlat
  • 24.12.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    40 yoshgacha

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

KOICA dasturi har yili hamkor davlatlari orasida magistratura va doktoranturada Koreyada tahsil olish uchun grant ajratadi (Oʻzbekiston rasmiy hamkori hisoblanadi). Ushbu grant 2023-yildan boshlab Koreyada magistratura bosqichida oʻqish uchun taʼsis etilgan.

KOICA stipendiya dasturining asosiy maqsadi hamkor mamlakatlardagi fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlanib yetakchi liderlar qatorida boʻlishiga hissa qoʻshish.

Dastur doirasida barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi. Nomzodlar arizani oʻzlari ishlab turgan tashkilot orqali yuborishlari lozim. Soʻng oʻqimoqchi boʻlgan universitetlarini tanlaydilar va hujjat topshiradilar. Universitetlar haqida ushbu havola orqali birma-bir maʼlumot olish mumkin.

Dasturga arizalar 2024-yil 24-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Dasturda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan KOICA dasturida qatnashish uchun tavsiya etilgan Oʻzbekiston fuqarolari ariza topshirishlari mumkin (bunda nomzod ayni vaqtda ishlab turgan davlat tashkiloti nomzodlikni koʻrsatgan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga rasmiy xat yuborilishi talab etiladi);
  • Dasturga bakalavr bosqichini yakunlagan barcha nomzodlar, shu jumladan, davlat xizmatchilari, davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlari, banklar, tadqiqot institutlari xodimlari, davlat maktablari oʻqituvchilari ariza topshirishlari mumkin. Oʻz mutaxassisligi boʻyicha kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlish saralash jarayonida ustunlik beradi;
  • Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy tasdiqlangan bakalavr diplomiga ega boʻlish kerak;
  • Ilgari Koreya Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etilgan magistrlik dasturlarida qatnashmagan boʻlish lozim;
  • Barcha saralash va oʻquv jarayoni ingliz tilida olib boriladi, nomzod ingliz tilida akademik taʼlim olish va ilmiy tadqiqot olib bora olish darajasida yaxshi bilishi kerak (IELTS sertifikati talabi bor yoʻqligini universitet talab qiladigan hujjatlar roʻyxatidan topish mumkin).

Qolgan talablar bilan Ilova yoʻriqnomasi (Application guideline) orqali tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

Dastur doirasida quyidagilar toʻliq moliyalashtiriladi:

  • Aviachipta;
  • Kontrakt;
  • Oylik stipendiya –KRW 999,000;
  • Turar joy;
  • Joylashish xarajatlari — KRW 600,000;
  • Dasturni tugatib uyga qaytish xarajatlari — KRW 300,000;
  • Sugʻurta;
  • Odatiy kurslardan tashqari oʻquv seminarlar, koreys tili kurslari va qoʻshimcha tashriflar.

Moliyalashtirish haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Ariza yuborish quyidagi shaklda boʻladi: Davlat tashkiloti → Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi → KOICA ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi.

Dasturga arizalar 2024-yil 24-dekabrga qadar qabul qilinadi va quyidagi bosqichlarda boʻlib oʻtadi:

  • 1-bosqich – KOICA ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasida suhbat.
  • 2-bosqich — KOICA bosh ofisi va universitetlar tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish.
  • 3-bosqich – Universitetlar tomonidan suhbat va yozma imtihonning oʻtkazilishi.
  • 4 bosqich – Tibbiy koʻrik oʻtkazish.

Ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1. KOICA arizasi.

2. Ish joyidan nomzodlik koʻrsatilgan rasmiy xat.

3. Pasport nusxasi.

Muhim! Har bir universitet uchun kerakli hujjatlar roʻyxati bir-biridan farq qiladi. Shuni inobatga olgan holda, avvalo, dastur maʼlumotnomasi (Program information) va tanlangan dastur boʻyicha talab qilingan hujjatlar roʻyxati bilan tanishib chiqish soʻraladi. Avvalo veb-sayt orqali topshirmoqchi boʻlgan dastur (yoʻnalish) ni tanlab olib, tegishli dastur boʻyicha universitet tomonidan talab qilingan barcha hujjatlarni toʻplash lozim (oʻquv dasturi veb-saytiga havola. Menyu → “Stay connected”→“ Notice ”).

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi talab qilinadi.

Magistratura dasturlari to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun KOICA ning O'zbekistondagi vakolatxonasiga ushbu havola orqali murojaat qilish mumkin.

Ma'lumot uchun: 

- Email: koica.sp@gmail.com;
- Tel: +998-90-045-4228.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham ma'lumot olish mumkin: 

-Facebook;

-Instagram;

-YouTube.

Koreya
Koreyada magistratura bosqichida oʻqish uchun KOICA tomonidan taqdim qilingan toʻliq moliyalashtiriluvchi grantlar

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar