Umumiy maʻlumotlar
AQSh davlati analitik tajriba va loyihalarni boshqarish tajribasiga ega boʻlgan yosh mutaxassislar uchun moʻljallangan Climate Corps hamdoʻstlik dasturini eʼlon qiladi. Ishtirokchilar miqdoriy tahlillarni koʻrsatib berish, loyihalarni boshqarish va tashkiliy oʻzgarishlarni osonlashtirish qobiliyatlari asosida tanlab olinadi.
Dastur analitik va loyihalarni boshqarish tajribasiga ega boʻlgan, energiya va iqlim bilan bogʻliq muammolarga yechim topish bilan oʻz hissasini qoʻsha oladigan yuqori malakali talabalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Dasturga qabul qilingan talabalar haftasiga $1,400 stipendiya hamda 1 haftalik trening ish uchun haqi bilan taʼminlanadilar. Dastur 10-12 hafta davom etadi.
Dasturga qabul jarayoni 2024-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 23-dekabr 12:59 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Ariza topshirish paytida nomzod biznes, muhandislik, barqaror rivojlanish, atrof-muhitni boshqarish, davlat siyosati yoki shunga tegishli boshqa sohalarda magistr talabasi boʻlishi;
- Loyihalarni boshqarish va yetakchilik tajribasiga ega boʻlish;
- Kuchli ogʻzaki va yozma muloqot qobiliyati, shu jumladan, taqdimot qila olish qobiliyatlariga ega boʻlish;
- Ekologik muammolarni hal qilishga ishtiyoqli boʻlish;
- AQShda 2025-yil yozida ishlash huquqiga ega boʻlishi (qoʻshimcha maʼlumot olish uchun dasturning ishlashga ruxsat berish qoidalari bilan tanishib chiqish mumkin).
Mavjud loyihalarga qarab, quyidagi qoʻshimcha koʻnikmalarga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi:
- Kuchli moliyaviy va miqdoriy koʻnikmalar, shu jumladan, loyihani baholash;
- Energiya samaradorligi, avtomobillarni elektrlashtirish, oziq-ovqat chiqindilari yoki barqaror loyihalar ustida ishlash tajribasi;
- Maʼlumotlarning miqdoriy va sifatli tahlilini bilish;
- Issiqxona chiqindi gazlarini hisobga olish va hisobot berish tizimlarini yaxshi bilish.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
- 10-12 hafta davomida $1,400 haftalik maosh (oyiga ~$7,000);
- Ishtirokchilar treningda qatnashgani uchun 1 haftalik ish haqi.
Hujjat topshirish
Dasturga hujjatlar onlayn shaklda quyidagi tartibda topshiriladi:
- Dastur va ariza topshirish jarayoni bilan ushbu havola orqali 30 daqiqa boʻlib oʻtadigan virtual uchrashuvda tanishib chiqish mumkin;
- Paramount Global, Iron Mountain va Clean Energy New Hampshire 2024-yilgi bitiruvchilar panelining uchrashuvi va tajribalari haqidagi videoni ushbu havola orqali tomosha qiling;
- Ariza berish jarayoni va muvaffaqiyatli ariza topshirish boʻyicha maslahat olish uchun elektron pochta bilan roʻyxatdan oʻtish lozim;
- 2024-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 23-dekabr 12:59 gacha ushbu havola orqali ariza topshiring;
- Skype yoki Zoom orqali tanlab olingan ishtirokchilarning malakasini baholash uchun intervyu oʻtkaziladi. Birinchi muddatga qadar ariza topshirgan nomzodlar bilan odatda, yanvar va fevral oyining oʻrtalarida, ikkinchi muddatga qadar ariza topshirgan nomzodlar bilan fevral oyining oʻrtalaridan mart oyigacha intervyu boʻlib oʻtishi mumkin;
- Intervyudan soʻng EDF ishtirok etadigan tashkilot va loyihalar roʻyxati taqdim qiladi, bunda nomzod oʻzi qiziqqan tashkilotni koʻrsatib berishi kerak. Dasturga qabul qilingandan soʻng, nomzod yakuniy tasdiqlash uchun mezbon tashkilot bilan bogʻlanishi lozim.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
Tel: (800) 684-3322
Email: business@edf.org
Ushbu havola orqali tez-tez beriladigan savollar bilan tanishib chiqish mumkin.
Ushbu havola orqali dastur boʻyicha qoʻshimcha savollarga javob olish mumkin.