Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. Gʻolib asari Britaniyaning mashhur koʻrgazmalarida namoyish etiladi!

Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. Gʻolib asari Britaniyaning mashhur koʻrgazmalarida namoyish etiladi!

  • 01/05/2024 Qabul boshlanishi
  • Mukofot Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 23/09/2024 03:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    18 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Buyuk Britaniyaning The University of Gloucestershire universiteti tashabbusi bilan oʻn yildan ortiq vaqtdan beri Cheltenham Illustration Award tanlovi oʻtkazilib kelinadi.

Tanlovda butun dunyo boʻylab 18 yoshdan oshgan barcha quyidagi ikki toifadan biri boʻyicha qatnashishi mumkin:

  1. Student (talabalar uchun).
  2. Emerging and established (allaqachon rassomchilik olamida dovruq qozongan va oʻz oʻrniga ega professional rassomlar uchun).

Tanlovga yuborilayotgan ishlar erkin tasavvurga asoslangan, muayyan voqelikni hikoya qila oluvchi, oʻtmish va kelajakni uygʻunlashtira olgan boʻlishi kerak. Tanlovda yakka tartibda ham, jamoa boʻlib ham qatnashish mumkin.

Tanlovning bu yilgi mavzusi: “Future Forecasts” (Kelajak bashoratlari)

Professional ijodkorlar ishtirokidagi hakamlar hayʼati eng yuqori deb baholangan 60 ta ishni saralab oladi. Gʻolib deb topilgan ishlar Buyuk Britaniya boʻylab barcha mashhur galereyalarda namoyish etiladi hamda mualliflarga pul mukofoti beriladi.

Maqbullik shartlari

  • Tanlovda 18 yoshdan katta barcha havaskor yoki professional rassomlar (illyustratorlar) qatnashishi mumkin;
  • Yakka tartibda ham jamoaviy tartibda ham 5 tagacha ijodiy ish topshirish mumkin;
  • Topshirilayotgan ishlar mualliflik ishi boʻlishi shart.

Foydali tomonlari

  • Tanlangan ishlar barcha mashhur galereyalarda namoyish etiladi, London parkidagi muzeyda, Britaniya va London kitob koʻrgazmalari kabi boshqa joylarda koʻrgazma qilinadi;
  • Gʻoliblar bilan kontrakt tuziladi (pul beriladi), portfoliosiga professional fikr beriladi, tanlovning yillik toʻplamida chop etiladi.

Hujjat topshirish

Roʻyxatdan oʻtish formasiga berilgan mavzusida tayyorlangan ishlarni yuklab soʻralgan barcha joylarni toʻldirish kerak.

Eslatmalar:

  1. Har bir arizachi, shu jumladan jamoaviy arizachilar ham 5 tagacha rasm yuklashi mumkin.
  2. Rasmlarda muallif ismi va asar nomi boʻlishi kerak.
  3. Rasm yuqori sifatli 300dpi JPEG formatda boʻlishi kerak.
  4. Rasmlarni quyidagi tartibda nomlash kerak: FIRSTNAME_LASTNAME_Title of Piece.
  5. Barcha rasmlarning hajmi 50Mbdan oshmasligi kerak (fayllarni yuklash chegarasi mavjud — yuborishdan oldin fayl hajmini tekshirib koʻrish kerak!).

Eslatma: dasturda qatnashish uchun £10 tоʼlоv qilish kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Tanlov bo'yicha eng ko'p so'ralgan savollarga javoblar bu yerda.

Murojaat uchun: eevans@glos.ac.uk

Buyuk Britaniya
Professional va havaskor rassomlar uchun Cheltenxam illyustratsiyalar tanlovi. Gʻolib asari Britaniyaning mashhur koʻrgazmalarida namoyish etiladi!

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar